DRAYZER haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DRAYZER haqida malumot bilib oling.

DRAYZER (Dreiser) Teodor German Albert (1871.27.8, Terre-Xot – 1945.28.12, Gollivud) — Amerika yozuvchisi va jamoat arbobi. «Chikago deyli nyus» («Chicago Daily News») gaz. muharriri (1892). Birinchi yirik asari «Baxti qaro Kerri» (1900) va «Jenni Gerxardt» (1911) romanlarida oddiy qizlar taqdiridagi ijtimoiy-axloqiy masalalar tasvirlangan. «Istak trilogiyasi» («Moliyachi», 1912; «Titan», 1914; «Matonat» 1947) yulgʻichlikning foydasizligini tushunib yetgan moliyachi haqida. «Daho» (1915) va «Amerika fojiasi» (1925) romanlarida pulning sanʼat ustidan fojiali hukmronligi va qanday yoʻl bilan boʻlmasin, ijtimoiy «yutuqqa» erishishga intilgan «oʻrta hol» yigitning maʼnaviy halokati hikoya qilinadi. «Tayanch» (1946) romani, «Yigirma erkak» (1919), «Katta shahar ranglari» (1923), «Zanjirlar» (1927) «Ayollar galereyasi» (1929) novellalari, «Baraban qoq!» (1920), «Fojiaviy Amerika» (1931) va b. publitsistik toʻplamlari nashr etilgan. D. Amsterdamda oʻtkazilgan tinchlik va madaniyatni saqlash boʻyicha kongress tashkilotchilaridan biri (1932). Drayzer uz ijodida realizm bilan naturalizm tamoyillarini birlashtirgan. «Baxti qaro Kerri» (1973), «Amerika fojiasi» (1976), «Jenni Gerxardt» (1982) romanlari oʻzbek tilida nashr qilingan.

Ensiklopediya.uz
DRAYZER