DOVJENKO Aleksandr Petrovich haqida to’liq ma’lumot oling

DOVJENKO Aleksandr Petrovich haqida to’liq ma’lumot oling

DOVJENKO Aleksandr Petrovich (1894.11.9, Chernigov viloyati, Sosni-si qishlogʻi — 1956.25.11, Moskva) — kinorejissyor, yozuvchi, ssenariychi. Kinematografiya asoschilaridan. Xalq artisti (1950), Ukrainada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Dastlabki filmlari — «Dipkuryer sumkasi», «Zvenigora» katta muvaffaqiyat qozondi. «Arsenal», «Yer» filmlari jahon ekranlarida ham shuhrat qozondi. Dovjenkoning ilk ovozli filmi «Ivan», shuningdek, «Aerograd», «Shchors» badiiy filmlari, «Xaloskorlik» kabi xujjatli — publitsistik va «Michurin» badiiy filmlari kino sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynadi. «Guldagi hayot» pyesasi va «Dengiz haqida doston», «Sehrlangan Desna» kabi ssenariylar, anchagina hikoya, ocherklar, kino tarixi va nazariyasiga oid maqolalar ham yozgan. 1957-y. Kiyev kinostudiyasiga Dovjenko nomi berilgan.

Malumotlar
DOVJENKO Aleksandr Petrovich