Doston Ubaydullayev haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Doston Ubaydullayev haqida, oilasi, instagram, rasmlari
DO`STLARGA ULASHING:
Doston Ubaydullayev 1982-yil 30-mart kuni Toshkent shahrida tug’ilgan. San’atga bolaligidan kirib kelgan Doston 5 yoshdan sahnaga chiqa boshladi. 6 yoshida esa ilk marta «Tangalik bolalar» filmida bosh rolni ijro etdi. Maktabdan so’ng Doston A.Qodiriy nomidagi Madaniyat institutini tugatdi. Xozirgi kungacha xonandaning 5 albomi bor. Bular, «Kuylayman», «Sog’inib o’tadi umrim», «Ikkalamiz», «Kechir», «Biz tomonga bir qarab qo’y». Shu kunga qadar 300 dan ortiq qo’shiqlarni ijro etgan. Xit taronalari «Ikkalamiz», «Biz tomonga bir qarab qo’y» va «Sog’inib o’tadi umrim» deb nomlanadi. «Tangalik bolalar» filmidan tashqari «Opa- singillar» filmida va «Zumrasha» hajviy kinojurnalida rol ijro etgan. 1996-yili Doston Ubaydullayev Ulug’bek jamg’armasining mukofoti va 2001-yil «Nihol» mukofoti sovrindori bo’lgan.
Doston Ubaydullayev haqida, instagram, oilasi, rasmlari