DORIXONA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DORIXONA haqida malumot bilib oling.

DORIXONA, apteka — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda tayyor dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya va gigiyena ashyolari, maʼdanli suvlar, davolash-kosmetika mahsulotlarini saqlaydigan va sotadigan tibbiyot muassasasi. Dorixonada toʻsatdan kasal boʻlib qolgan yoki baxtsiz hodisaga uchragan kishilarga tez tibbiy yordam ham koʻrsatiladi.

19-a. ning 2-yarmida Oʻzbekistonning baʼzi shaharlarida tashkil etilgan gospital va lazaretlar qoshida Dorixonalar boʻlgan. Birinchi rasmiy Dorixona 1874-y. may oyida Toshkent sh. da mahalliy aholi mablagʻi hisobiga ochilgan.

Dorixona muassasalari mulkchilikning shakliga koʻra, aksiyadorlik, jamoa va xususiy Dorixona larga, i. ch. xususiyatiga koʻra tayyor dori vositalarini sotadigan hamda dori tayyorlab beradigan (retseptga muvofiq), shuningdek, ulgurji savdo qiladigan va kasalxona hamda poliklinikalar qoshidagi Dorixona larga boʻlinadi.

Farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanayotgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida farmatsevtika faoliyati koʻrsatayotgan chet el vakolatxonalarining subyektlari ushbu faoliyat b-n shugʻullanishlari uchun litsenziyalari boʻlishi shart.

Ensiklopediya.uz
DORIXONA