Donorlik haqida. Donorlik qilish tartibi va uning afzalliklari haqida malumot
Donorlik — bu sharafli ish. Donor esa, aksari hollarda o‘ziga notanish inson hayotini saqlab qolish uchun ham yashashini doimo yodda tutadigan insondir.
Donorlik qilishga axd qilgan inson ma’suliyatni o‘z bo‘yniga oladi. Kechagina u faqat o‘z sog‘lig‘i uchun javob berardi, bugun esa — boshqalarni ham xol-ahvolidan xabardor bo‘ladi. Endi uning xayotida ilgari noma’lum bo‘lgan ma’no paydo bo‘ldi, ya’ni falokatga uchraganlarga salomatlik ulashish va yangi qondoshlar orttirish aka-uka, opa-singil, farzand….
Donor o‘nlab insonlarga umid va salomatlik ulashadi. Shu sababli donor uning qoni quyiladigan bemorlar orasida ko‘pgina bolalar va xomilador ayollar borligini unutmasligi kerak.
Agarda siz donorlik qilishga axd qilgan bo‘lsangiz, sog‘lig‘ingizni boshqalar uchun saqlashni o‘rganishingiz lozim.
Donorni sog‘lom turmush tarzi — to‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimlik ichishdan, tamaki chekishdan imkon qadar o‘zini tiyishi, qon topshirish oralig‘ini saqlashdan iborat.
Muhimi, donorlik donorga ham bemorga ham ziyon keltirmasligi kerak. Agarda shifokor qaysi bir sabablarga ko‘ra sizga qon topshirishga ruxsat bermasa, uning maslahatiga amal qiling.
Donorlikdan batamom voz kechgandan ko‘ra, bir marotaba qon topshirmagan ma’qul. Agarda sizda biror bir savol tug‘ilgan bo‘lsa, qon quyish markazi xodimlari bilan maslahatlashing.
Donorlikni qonun-qoidalariga rioya qilsangiz o‘zingizning sog‘lig‘ingiz uchun foydali bo‘ladi va uzoq yillar davomida sizni turmush tarzingizga aylanishi mumkin. Siz donor ekansiz, demak siz — sog‘lom insondirsiz.
Agar siz sog‘lom bo‘lib, donor bo‘lmasangiz, bu anglashilmovchilikni tezda, bir daqiqa ham kechiktirmay bartaraf etishingiz mumkin.
Donorlik sizga o‘zgalar hayotini saqlab qolganingiz uchun quvonch va faxr tuyg‘usini bersin!
Donorlik va salomatlik
Har bir donor ushbu oddiy qonunlarni bilishi kerak:
Donor qon orqali yuqadigan kasalliklardan o‘zini saqlashi kerak. Hozirgi vaqtda bular virusli gepatit «B» va «C», OIV/OITS — infeksiyalar. Bunday og‘ir kasalliklarni oldini olish uchun inson tasodifiy jinsiy aloqalardan saqlanishi, har bir muolajalarda faqatgina bir marotaba ishlatiladigan shpritslardan foydalanishi kerak.
Tish shifokoriga yoki boshqa bir shifokor ko‘rigiga kelganda har bir muolajalardan oldin tibbiyot hodimlariga donor ekanligingizni eslatishingiz va ular faqatgina bir marotaba ishlatiladigan yoki sterillangan tibbiy asboblardan foydalanishlarini so‘rang.
Donorlar uchun qon va uning komponentlarini topshirish oralig‘i bo‘yicha maxsus tavsiyalar ishlab chiqarilgan. Maqsad esa, qon topshirish donorga ziyon yetkazmasdan sog‘lig‘ini saqlashdan iboratdir.
Bir yilda 4 marotabagacha qon topshirish mumkin. Har bir 5 marotaba ketma-ket qon topshirgandan so‘ng donorlar 3 oydan kam bo‘lmagan vaqt davomida dam olishlari tavsiya qilinadi.
Qon topshirgandan 30 kun keyin donor plazma topshirishi mumkin. Plazma topshirgandan 14 kun o‘tgach donor yana qayta plazma topshirishi mumkin.
Qon yoki uning komponentlarini topshirgan kuningiz quyidagi tavsiyalarga ahamiyat bering:
- Qon topshiradigan kuni ertalab, albatta, nonushta qiling. Qon topshirishdan avval bir necha kun mobaynida spirtli ichimliklar iste’mol qilmang.
- Qon topshirishni imtihonlardan, musobaqalardan, diplom ishlaridan oldin va ishingiz juda ko‘p bo‘ladigan vaqtlarga rejalashtirmang.
To‘g‘ri ovqatlaning: donor ovqati tarkibida oqsilga boy mahsulotlar bo‘lishi lozim: go‘sht, lavlagi, grechka, loviya va boshqa dukkakli mahsulotlar, baliq va boshqalar.
Agarda siz bu qoidalarga va tavsiyalarga ahamiyat bersangiz, donorlik sizga ziyon keltirmaydi va ko‘pgina bemorlar hayoti saqlanib qolinadi.
Donor va uning huquqlari
Donorlik — bu hurmatga sazovor ish, donor esa, juda ham oliyjanob odam. Shunga monand uning huquqlari himoyalangan bo‘lishi kerak.
- Tibbiy tahlil natijalarining sir tutilishi kafolatlanadi;
- Tibbiy tahlillar bepul o‘tkaziladi (umumiy qon tahlili, jigar ko‘rsatkichlari, qon guruhini va rezus omilini aniqlash, OIV/OITS, gepatit «B» va «C», brutsellez, zahm kasalligini aniqlaydigan RW);
- Qon quyish markazida yuqori toifali shifokorlar ko‘rigi va ikki kunlik ish haqi saqlangan holda dam olishi uchun qon topshirganligi haqida ma’lumotnoma beriladi (qon topshirgan kuni va donor xohlagan boshqa bir kun).
Beg‘araz donorlar kimlar?
Beg‘araz donorlar ixtiyoriy ravishda, beminnat donorlik qiluvchi har bir o‘z qonini topshiradigan, evaziga hech qanday rag‘batlantirish talab etmaydigan insonlardir.
Ular mehr-oqibati, hamdardligi, insonparvarlik tuyg‘ulari kuchli bo‘lgan oliyjanob sahovatli insonlardir.
Donorga qanday kafolatlar beriladi?
«Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan donorga quyidagi kafolatlar taqdim etiladi.
20-modda “Donorga beriladigan kafolatlar”
Donor qon va uning komponentlarini topshirgan, hamda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan kuni o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi.
O‘rta maxsus, professional o‘quv muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, hamda boshqa kategoriyali o‘quvchilar qon va uning komponentlarini topshirgan, hamda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan kuni, darslardan ozod etiladi. Harbiy xizmatchilar esa naryadlar, qorovullikdan va boshqa turdagi xizmatlardan ozod etiladi.
Donorga har bir qon va uning komponentlarini topshirgan kundan keyin o‘rtacha ish xaqi saqlangan holda qo‘shimcha bir kun dam beriladi. Belgilangan dam olish kuni donorni xohishiga ko‘ra har yilgi ish ta’tiliga qo‘shilishi mumkin.
21-modda “Donorlarni taqdirlash”
Doimiy, beg‘araz ravishda qon va uning komponentlarini topshirgan donorlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” («Почетный донор Республики Узбекистан») ko‘krak nishoni bilan mukofotlanadi.
Donorlik uchun qon topshirish jarayoni qanday kechadi?
Qon topshirish jarayoni Qon topshirish markazlari va Hududiy Qon yig‘ish bo‘linmalarida 6 ta bosqichda amalga oshadi.
Markazga kelgandan qon topshirib ketguningizgacha 1 soat vaqtingizni ajratishingiz kerak bo‘ladi.
Birinchi bosqich: Tibbiy so‘rovnomani to‘ldirish
Qon topshirish hududiga kelgan har bir donorga donorlik qilish uchun so‘rovnoma berilib, uni to‘ldirish so‘raladi. Bu so‘rovnomadagi savollar «Donor va Bemor xavfsizligi»ni ta’minlovchi muhim bo‘lgan tushunchalarni o‘z ichiga oladi:
- Sog‘lig‘ingiz holati, isitma, gripp, so‘ngi qabul qilingan dorilar, yurak xastaliklari, surunkali kasalliklar, jarrohlik muolajalari va boshqalar;
- Hayotingizda yuz bergan va sog‘lig‘ingiz uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan voqealar: sayohat, giyohvand moddalar iste’mol qilish va boshqalar;
Ikkinchi bosqich: Anketa ochish
Bu bosqichda barcha ma’lumotlar ro‘yxatga tushirilib, anketa saqlanadi. Aynan o‘sha paytda donorga maxsus raqam beriladi va bu raqam qon qopchasi yuzasiga qo‘yiladi. Keyinchalik ushbu raqam idishdagi qon sizga tegishli ekanligini aniqlashga imkon beradi.
Uchinchi bosqich: Shifokor va donor bilan bo‘ladigan suhbat
So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, har bir donorlik qilmoqchi bo‘lgan shaxs shifokor bilan suhbatdan o‘tadi. Bu suhbat donorning qon topshirishi o‘zining va u qonni qabul qiluvchi bemorning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.
Shifokor bilan donor o‘rtasidagi suhbat shaxsiy tibbiy sir sifatida saqlanadi.
Beshinchi bosqish: Qon olish
450 ml qonni olish uchun 12 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi. Hamda shu vaqt ichida probirkada test va tekshirish uchun oz miqdordagi qon ham olinadi.
Olingan qon orqali donorning qon guruhi va qonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasallilar – OITS, virusligepatit B, gepatit C, zahm aniqlanadi.
Qon olish qulay o‘rindiqlar bilan jihozlangan maxsus xonada amalga oshiriladi.
Oltinchi bosqich: Dam olish va ovqatlanish
Qon topshirganingizdan keyin, siz bir necha daqiqa davomida hamshira kuzatuvi ostida bo‘lasiz. Jo‘nab ketishdan oldin markaz tomonidan sizga nonushta beriladi.
Donor jo‘nab ketgandan so‘ng, olingan qon maxsus joyda saqlanadi. Tekshirish va test amalga oshiriladi. Agar tekshirish jarayonida qandaydir salbiy natijalar chiqsa, donor qisqa muddat ichida qon olishi muolajasini amalga oshirgan Shifokor tomonidan markazga chaqiriladi:
Qon topshirish anonimik va beg‘araz tarzda amalga oshadi. Hech qanday ma’lumot Respublika OITS yoki boshqa shifoxonalarga jo‘natilmaydi.
Qon nima uchun topshiriladi?
Chunki O‘zbekitonda qon va qon mahsulotlariga ehtiyoj juda ham katta.
Bugun butun aholining 0,4 foizigina qon topshiradi. Bu ko‘rsatkich sovet tuzumi davrida 0,7 % ni tashkil qilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida bu ko‘rsatkich 3 %ni Fransiyada esa 4 %ni tashkil qiladi.
Butun Jahon Sog‘likni Saqlash Tashkiloti dunyo mamlakatlari uchun qon topshirish ko‘rsatkichini – 1 % gacha ko‘tarishni maqsad qilib belgilagan.
Donorlik qilish uchun kimlar qon topshirishi mumkin?
18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, vazni 50 kg dan yuqori har bir shaxs qon topshirishi mumkin.
Ikkita qon topshirish oralig‘idagi davr — kamida 2 oyni tashkil qilishi lozim.
- Yiliga har bir shaxs 4 marta qon topshirishi mumkin;
- Har bir topshirilgan qonning maksimal hajmi – 450 ml;
- Qon topshirish jarayonining muddati – 45 daqiqa bo‘lib u bir necha bosqishlardan iborat bo‘ladi.
Assalomu alaykum men donorlik qilmoqchiman? Buning uchun nima qilishim kerak yoki kimga murojaat qilishim mumkin?
Donorlik qilish uchun OʻzR SSV Respublika Qon Quyish Markaziga yoki hududiy qon quyish stansiyasi xodimlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Markaz va stansiya maʼlumotlari
Respublika Qon quyish Markazi | Manzil: Toshkent sh., Sh.Rustaveli k., 138 uy Rahbar: Saidov A.B. telefonlar: (+998 71) 250 14 25, (+998 94) 683 38 18 |
Qoraqalpog’iston Respublikasi qon quyish stantsiyasi | Manzil: Qoraqalpog’iston, Nukus, H. Rejepov ko’chasi Rahbar: Tangirbergenov A.K. telefonlar: (+99861) 224 88 18, (+998 90) 728 54 54 |
Andijon viloyat qon quyish stantsiyasi | Manzil: Andijon sh., Qo’shariq k., 39а uy Rahbar: Mansurova D.X. telefonlar: (+374) 237 04 43, (+998 91) 608 89 97 |
Boxoro viloyat qon quyish stantsiyasi | Manzil: Boxoro sh., Cho’lpon k., 12 uy Rahbar: Turayev N.N. telefonlar: (+365) 224 84 80, (+998 91) 440 00 79 |
Jizzax viloyat qon quyish stantsiyasi | Manzil: Jizzax sh., Tashlyak mah., Shifokor k., 3 uy Rahbar: Yakubov Y.S. telefonlar: (+372) 226 10 19, (+998 94) 576 97 88 |
Qashqadaryo viloyati qon xizmati markazi | Manzil: Qarshi sh., 3 mikrorayon, Navoiy k., Rahbar: Raximov E.Y. telefonlar: (+375) 221 55 62, (+998 97) 519 01 10 |
Navoiy viloyat qon quyish stantsiyasi | Manzil: Navoiy sh., L.Tolstoy k., 18 uy Rahbar: Normuradov B.B. telefonlar: (+436) 225 15 48, (+998 91) 250 83 24 |
Namangan viloyat qon quyish markazi | Manzil: Namangansh., Boburshox k., 12 uy Rahbar: Umirzakova М.V. telefonlar: (+369) 228 52 51, (+998 90) 555 01 63 |
Samarqand viloyat qon quyish stantsiyasi | Manzil: Samarqand sh., Pamir 1-tor k., 7 uy Rahbar: Aliyev R.Х. telefonlar: (+366) 234 06 14, (+998 90) 503 60 56 |
Surxondaryo viloyat qon quyish stantsiyasi | Manzil: Termiz sh., Barkamol Avlod k., 44 uy Rahbar: Xudayqulov B.К. telefonlar: (+376) 223 43 04, (+998 91) 971 60 07 |
Sirdaryo viloyat qon quyish stantsiyasi | Manzil: Guliston sh., N.Zokirov k., 330 uy Rahbar: Salamov Х.N. telefonlar: (+367) 226 38 04, (+998 91) 500 77 87 |
Toshkent viloyat qon quyish stantsiyasi | Manzil: Chirchiq sh., Zakovat k., 20а uy Rahbar: Ganiyeva Х.А. telefonlar: (+370) 715 36 54, (+998 97) 454 41 03 |
Farg’ona viloyat qon quyish stantsiyasi | Manzil: Farg’ona sh., Madaniyat k., 12 uy Rahbar: Mustayev А.F. telefonlar: (+373) 243 03 04, (+998 93) 575 78 76 |
Xorazm viloyat qon quyish markazi | Manzil: Urganch sh., Manguberdi k., 12А uy Rahbar: Raximov Х.B. telefonlar: (+362) 225 69 08, (+998 91) 433 16 16 |
Jigar va buyrak donorligi
Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi haqida vaqtinchalik nizomga koʻra, tirik yaqin qarindoshlar orasida buyrak yoki jigar boʻlagini transplantatsiya qilishga ruxsat etiladi.
Tirik yaqin qarindosh donorlar – ota-onalar, tugʻishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar, er-xotinlar, farzandlar (shu jumladan asrab olinganlar), buva va buvilar, nabiralar, shuningdek er-xotinning ota-onalari, tugʻishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar boʻlishi mumkin.
Qonunchilikka koʻra, transplantatsiya faqat Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasida amalga oshiriladi.
Kasalliklar
Donorlik haqida. Donorlik qilish tartibi va uning afzalliklari