DONIYOROV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DONIYOROV haqida malumot bilib oling.

DONIYOROV Toshpoʻlat (1892 — Toshkent — 1953) — oʻzbek xalq qoʻgʻirchoqbozi, yangi shakldagi davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkilotchilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). «Chodir xayol» qoʻgʻirchoq teatrining mohir ijrochisi boʻlgan. Qad. qoʻgʻirchoq oʻyinlari anʼanalaridan mohirona foydalangan va ularni targʻib qilgan. 1928-y. Toshkentda ish boshlagan Rus yoʻsh tomoshabinlar teatri qoshida H. Abdullayev, M. Soliyev, A. Halimtoyev va b. dan iborat oʻzbek qoʻgʻirchoqbozlari truppasini tashkil etgan. Sahnalashtirgan «Saltanat» (S. Abdulla) spektakli bilan Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek sanʼati dekadasi (1937) da qatnashgan. Qoʻgʻirchoq konsertlarida ishtirok etgan. Doniyorov yogʻochdan, keyinroqlatta va qogʻozdan qahramonlar xarakteriga mos qoʻgʻirchoqlar yasagan. 3. Isʼhoqova, A. Saydaliyev, N. Zayniddinov, M. Rahmatullayeva va b. D. ning shogirdlaridir.

Ad.: Qodirov M., Oʻzbekskiy traditsionnыy teatr kukol, T., 1979.

Ensiklopediya.uz
DONIYOROV