DONISHMANDCHAXON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DONISHMANDCHAXON haqida malumot bilib oling.

DONISHMANDCHAXONChigʻatoy ulusi hukmdorlaridan biri. Chingizxonning uchinchi farzandi Oʻqtoyxonnmng oltinchi pushti hisoblanadi. Amir Qazagʻon (hukmronlik yillari 1346—58) Qozon Sultonxonni qatl (1346) etib, Donishmandchaxonni xon deb eʼlon qiladi va uning nomi bilan tanga zarb ettiradi. D. Mova-rounnaxr xoni sanalsada, aslida davlat ishlarini Qazagʻonning oʻzi boshqargan. Ulugʻbeknit taʼkidlashicha, D. Chigʻatoyxon avlodidan boʻlmaganligi bois amir Qazagʻon tomonidan oʻldirilgan (1348). Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, Donishmandchaxonning oʻgʻli Suyurgʻatmishni xonlik shohsupasiga (1370—88) koʻtargan.

Ad.: Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, Movarounnahr voqealari, 1360 — 1370, T., 1994; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994; Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992.

Ensiklopediya.uz
DONISHMANDCHAXON