Donishmand yigit to’liq malumot oling

Donishmand yigit to’liq malumot oling

Qadim zamonlarda bir podsho o‘tgan ekan. U hukm chiqarishda gunohkor va gunohsizlarni chek tashlash yo‘li bilan aniqlar ekan. Gunohkor deb hisoblangan odamni podsho o‘z oldiga chaqirib, bir qutini ko‘rsatar ekan.
Uning ichida ikkita qog‘oz bo‘lib, biriga «O‘lim», ikkinchisiga esa «Ozodlik» degan so‘zlar yozilgan bo‘lar ekan. Gunohkor «Ozodlik» so‘zi yozilgan qog‘ozni olsa, ozod bo‘lar ekan, «O‘lim» so‘zi yozilgan qog‘ozni olsa, o‘limga hukm qilinar ekan.
Kunlardan bir kuni hasadgo‘ylardan bir nechtasi to‘planib, bir donishmand yigitni gunohkor qilib ko‘rsatishibdi. Yigitning dushmanlari qutidagi ikkala qog‘ozga ham «O‘lim» degan so‘zni yozib, solib qo‘ygan ekanlar. Yaqinlari yigitni bu sir-asrordan xabardor qilishibdi.
Podsho odati bo‘yicha gunohkorni chaqirib, qutidagi qog‘ozlardan birini olishni buyuribdi. Yigit esa qog‘ozlardan birini qo‘liga olibdi-yu, yutib yuboribdi. Podsho esa qutida qolgan qog‘oz orqali hukmni bilishga qiziqibdi. U qutini ochib qarasa, unda «O‘!im» degan so‘z yozilgan qog‘oz qolibdi.
Podsho yigit yutgan qog’ozda «Ozodlik» degan hukm bo‘lsa kerak, deb gunohsiz donishmandni ozod qilib yuboribdi. Donishmand yigit aql-zakovati tufayli o‘limdan qutulib qolgan ekan.

Ertaklar, O‘zbek xalq ertaklari

Ertaklar
Donishmand yigit