DONATELLO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DONATELLO haqida malumot bilib oling.

DONATELLO (Donatello, asli Donato di Nikkolo di Betto Bardi, taxm. 1386 — Florensiya — 1466.13.12) — italiyalik haykaltarosh, Italiya Uygʻonish davri haykaltaroshligi asoschilaridan. Donatello ijodida Uygonish davriga xos boʻlgan voqelikni tasvirlashda yangi, realistik tasvir vositalarini izlash, insonga va uning ruhiy ola-miga eʼtibor oʻz aksini topgan. Florensiya sobori yon peshtoqlari uchun ishlangan avliyolar haykallari (1406 — 08)da gotikaga xos xususiyatlar saqlangan. Avliyo Georgiy haykali (marmar, 1416)da insonparvarlik va vatanparvarlik gʻoyalari koʻtarinki ruxda aks ettirilgan. Donatello boʻrtma tasvir (relyef)da chiziq perspektiva imkoniyatlaridan foydalanib oʻziga xos nafis relyef sanʼatini yaratishga muyassar boʻlgan (Paduyadagi Sant-Antonio cherkovi mehrobiga ishlangan relyef, 1446— 50), antik davr shakllarini Uygʻonish davriga moslashtirib xaykaltaroshlik namunalarini («David», bronza, 1430), Uygʻonish davrining birinchi dunyoviy haykalini («Gattamelate», bronza, marmar, 1447—53 va b.) yaratgan.

Ensiklopediya.uz
DONATELLO