DONA SHOʻRA haqida malumot bilib oling.
DONA SHOʻRA [Gamanthus gamocarpus (Mog.) Bge. ] — shoʻradoshlar (shoʻragullilar oilasi)ga mansub bir yillik oʻt. Poyasi ingichka, sershox, barglari silindrsimon, etli, poyadagilari ketma-ket joylashgan, gul oldi barglari qaramaqarshi oʻrnashgan, tubi esa birbiri bilan birikib ketgan. Har bir barg qoʻltigʻida bittadan gul yetishadi. Dona shoʻra may oyida gullab, avg. da urugʻ beradi. Dona shoʻra asosan taqir yerlarda, shoʻrxok tuproqda, qumlarda va gil tuproqlarda oʻsadi. Kuz va qishda qoʻy hamda tuyalar uchun yaxshi ozuqa.
Ensiklopediya.uz
DONA SHOʻRA