DON JUAN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DON JUAN haqida malumot bilib oling.

DON JUAN, Don Xuan (Don Juan) – oʻrta asrlarda Yevropada yaratilgan koʻpgina adabiyot va sanʼat asarlarining qahramoni; maishatboz, axloqiy va diniy meʼyorlarni buzuvchi, hayotini aysh-ishratga bagʻishlagan ritsar obrazi. Uning birinchi badiiy talqinini ispan dramaturgi Tirso de Molinaning «Seviliyalik shoʻx bola yoki Tosh mehmon» (1630) pyesasida kuzatish mumkin. Undagi Don Juan ayollarni yoʻldan urishga ustasifarang, shahvatparast shaxs. Bu obraz ijtimoiy jihatdan gʻoyat tipik boʻlganidan koʻpgina yozuvchilar, musiqachilar, rassomlarning eʼtiborini tortgan. Fransuz dramaturgi Molyer ham Don Juan xaqidagi xalq afsonalarini qayta ishlab, «Don Juan» realistik komediyasini (1665) yaratdi. Don Juan obraziga 19-a. dagi romantik yozuvchilar E. T. A. Gofman, A. Myusse, ingliz shoiri J. Bayron, rus shoiri A. S. Pushkin va b. ham murojaat qilishgan.

Ensiklopediya.uz
DON JUAN