
DOMINIKANLAR haqida malumot bilib oling.
DOMINIKANLAR — xalq, Dominikana Respublikasining asosiy aholisi. Umumiy soni 7,4 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari), jumladan Dominikana Respublikasida 7,1 mln. kishi. Shuningdek, AQSH va Gaiti va b. da ham yashaydi. Dominikanlarning tili yerli indeys kabilalari tillarining taʼsirida birmun-cha oʻzgargan ispan tilidir. Dindorlari — asosan, katoliklar.
Ensiklopediya.uz
DOMINIKANLAR