Do’lmalar tayyorlash retsepti to’liq malumot oling
Karam do`lma
Karamning niqbosh emas, balki g’ovakrog’i tanlab olinadi. Ko’k bargidan halos etib, o’zagi uyub olib tashlanadi va qaynab turgan tuzli suvga 5 minutcha botirib qo’yiladi. Shunda uning barglari muloyimlashadi. Karam barglarini ajratib tashlab qo’yasiz, bandiga yaqin joyida dag’al qismi bor, uni pichoqda kesib tekislaysiz yoki yog’och to’qmoq bilan urib nafislantirasiz. Qiymasi bunday tayyorlanadi:semizroq mol yoki qo’y go’shtining yog’ini mayda to’g’raysiz, pay ,biriktiruvchi to’qimalar , chalxak qismlarini kesib olib tashlaysiz (bular go’sht qiymalagichdan o’tmay, o’ralib xunob qiladi) . Go’shtni qiymalagichdan o’tkazib , bunga haligi to’g’ralgan yog’ni , mayinqilib chopilgan piyozni , picha yuvilgan guruchni solib, tuz va murch sepasiz-da , xom tuxum chaqib yaxshilab mijiysiz. Qiymangiz sellikkina chiqsin uchun 2 dona pomidorni ezib qo’shib yuboring , qishda esa pomidor sharbatidan ikki osh qoshig’ida quyasiz. Karam barglariga keragicha qiymadan solib bodringsimon do’lmalar o’raysiz. Pishirishga kelganda, kastryulka ostiga karam barglaridan bir qavat to’shab, so’ng do’lmalarni terib chiqasiz, ora — orasiga butun sabzi va kartoshka solsangiz ham bo’ladi. Masalliqning yuzi bilan barobar suv quyib, ustiga likop to’ntarib yuk bostirasiz va sust olov berib, 40 — 45 minutcha mildiratib qaynatasiz. Sharaqlab qaynatganingizda do’lmalar yechilib ketadi va sho’rvasi ham xira tortadi. Dasturxonga laganda yoki likoplarda tortiladi, yuziga qaymoq surtiladi. Sho’rvasi alohida idishda tortiladi. Masalliq:bir bosh karam , 500 gr lahim go’sht, 150 gr yog’ (charvi ) , 5 — 6 bosh piyoz, 100 gr guruch , 1 dona tuxum , 2 dona pomidor yoki 2 osh qoshig’ida pomidor sharbati, tuz va murch ta’bga ko’ra olinadi. 2 — 3 dona sabzi , 2 dona kartoshka, yuziga surkash uchun 1 stakan qaymoq yoki smetana kerak bo’ladi.
Qalampir do`lma
Bulg’or garmdorisining bandini olib, urug’ini qoqib tashlaganingizdan so’ng sovuq suvda yuvib, sirqitib qo’yasiz. Qiymasi xuddi yuqoridagi retseptda aytilgandek tayyorlanadi. Har bir qalampirga qiyma bosib bo;lgandan so’ng kastryulkaning ostiga bitta likopcha qo’yasiz, ustiga qalampirlarni terib bo’lgach yana likop yopib, yuk bostirasiz-da, yuzi bilan barobar suv quyib juda sust olovda 40 minutcha mildiratib qaynatasiz. Tayyor taomni lagan yoki likopchaga suzib, yuziga sariyog’ surtib dasturxonga tortiladi. Qalampir do’lmaning sho’rvada pishirsa ham bo’ladi. Buning uchun qozonga go’shtdan ajratilgan suyaklarni solib , mayda to’g’ralgan piyoz bilan birga qaynatasiz. Kartoshka va sabzi solsangiz ham bo’ladi. So’ng sho’rvaning qaynab chiqqan joyiga bitta — bittalab do’lmalarni solasiz , shunday qilinsa qiymasi chiqib ketmaydi. Dasturxonga sho’rvasi bilan birga yoki alohida idishlarda tortiladi. Masalliq: 0,5 kg bulg’or garmdorisi, 500 gr lahim go’sht, 150 gr charvi yog’, 100 gr guruch, 2 dona tuxum, 5 — 6 bosh piyoz, tuz ta’bga ko’ra olinadi, yuziga surtish uchun 100 gr sariyog’ kerak bo’ladi.
Piyoz do`lma
Do’lma tayyorlash uchun piyzning qalin qatli sholg’omsimon navidan olgan ma’qul. Samarqandning qizil piyozi bo’lsa ayni muddao. Sholg’om piyozni archib, bandi uchini konussimon qilib, kesib tashlab qaynoq suvga 10 — 15 minut botirib qo’ysangiz , qat — qatlari oson ajraladi. Ana shu piyoz kosacha larga qiyma to’ldiriladi. Qiymasini bunday tayyorlaysiz: yog’liroq go’shtni qiymalagichdan chiqaring bunga piyozning qat — qatlarga ajratganda chiqqan o’rta qismlarini maydalab qo’shing. Jigardan olib, uni uzun — uzun chuvalchang usulda to’g’raysiz. Barhca masalliqni birlashtirib, tuz va murch solib, xom tuxum chaqasiz — da , yavshillab aralashtirasiz. Mana shu qiymani piyoz kosachalarga to’ldirasiz. Eslatma: piyoz qatlamlarining ikki tomoni kesilgan — ochiq bo’ladi, lekin masaliq tarkibiga tuxum va chuvalchang usulida to’g’ralgan jigar borligi qiymani chiqib ketmasligini ta’minlaydi. Pishirishda : kastryulka tubiga likopcha qo’yib , uning ustidan piyoz do’lmalarning avval kattaroqlarini , so’ng kichikroqlarini qatlab terib chiqasiz, yuziga likop to’ntarib , yuk bostirib qo’yasiz. Piyoz do’lmani qatlamlab terayotganingizda ora — orasiga sariyog’ va tomat pastasidan solishni unitmang. Masalliqning yuzi bilan barobar suv quyib o’rtacha olovga qoyasiz qaynab chiqishi bilan o’tini pasaytirib , 40 — 45 minut davomida mildiratib qo’yasiz. Tayyor taom laganda yoki har bir xoranda uchun 4 donadan likopchalardab dasturxonga tortiladi. Yuziga o’z sardagidan sevalab , qirqilgan kashnich yo ukrop bilan beriladi. Masalliq: 10 — 12 bosh o’rtacha kattalikdagi sholg’omsimon piyoz, 400 gr lahim go’sht, 300 gr jigar, 1 dona tuxum , 150 gr sariyog’, 2 — 3 osh qoshig’ida tomat pastasi, tuz va murch ta’bga ko’ra olinadi.
Sholg`om do`lma
O’rtacha kattalikdagi sholg’omlardan olib archasiz va pichoq uchi bilan o’rtasini uyub kosacha yasaysiz. Qiymasi bunday tayyorlanadi:qiymalagichdan chiqarilgan yog’liq qo’y go’shtiga halqa — halqa qilib to’g’ralgan piyozni, pishirilgan guruchni qo’shib, xom tuxum chaqib, tuz va murch sepasiz — da, yaxshillab o’rnatasiz. Sholg’om kosachalarni mana shu qiyma bilan to’ldirib, mantiqasqon lappaklariga qo’yib 40 — 45 minut , ya’ni sholg’om yetulguncha pishirasiz. Dasturxonga tortishda sholg’omni ezib yubormasdan maxsus kurakchalarda yoki ikki tomondan vilka sanchib olib likopvhalarga ikki donadan qo’yib , yuziga sariyog’ yoki qaymoq surtib berasiz. Masalliq: 10 — 12 dona o’rtacha kattalikdagi sholg’om , 400 gr lahim go’sht, 1 stakan pishirilgan guruch, 2 bosh piyoz, 1 dona tuxum, tuz va murch ta’bga ko’ra olinadi. Yuziga surtish uchun esa 1 stakan qaymoq yoki 150 gr sariyog’ kerak bo’ladi.
Behi do`lma
Behining nordon navidan qurt tushmagan, zaha bo’lmaganlarini tanlab olasiz, tukini ho’llangan bo’z yoki qo’l bilan artib, o’rtasiini esa pichoq bilan uyub urug’larini olib tashlab kosahcha lar hozirlaysiz. Buning uchun eni 1 sm keladigan ingichka pichoq yoki kartoshka archadigan tarnovsimon pichoqning qirasi chaxlangan bo’lishi kerak. Tayyorlangan behi kosacha larni qaynoq suvga botirib qo’ying, aks holda tig’tekkan joylari qorayib xunuk bo’lib qoladi. Qiymasini tayyorlash: xuddi sholg’om do’lmanikiga o’xshaydi (yuqoridagi tavsiyaga qarang): yog’li qo’y go’shti , piyoz, pishirilgan guruch , xom tuxum, tuz va murch. Mana shu qiymani behi ichiga to’ldirib, har bir behi do’lmani bittadan piyolaga solib mantiqasqon lappaklariga qo’yasiz (piyolaga qo’ymasangiz seli bahuda oqib ketadi). Pishish muddati 40 — 45 minut. Dasturxonga piyolaning o’zida tortiladi, issig’ida yuziga sariyog’ surtiladi. Masalliq: 10 — 12 dona behi , 500 gr lahim go’sht, ? stakan qaynatilgan guruch , 1 dona xom tuxum, 4 — 5 bosh piyoz, tuz va murch ta’bga ko’ra , yuziga surtish uchun 2 — 3 osh qoshig’ida sariyog’ kerak bo’ladi.
Pomidor manti (do`lma)
Pomidorning olma yoki sovg’a navlaridan qip — qizil pishgan o’rtacha kattalikdagi va ezilmaganlarini tanlab olasiz. Band tomonini kesib tashlab , o’rtasidagi eti , urug’larini va selini bir idishga to’playsiz. Hosil qilingan pomidor kosacha larga qiyma bosasiz. Qiymasini tayyorlash : go’shtni qiymalagichdan chiqarasiz, bunga chala qaynatilgan guruch , mayin to’g’ralgan piyoz, xom tuxum, tuz va murch qo’shib yaxshillab aralashtirsiz. Pomidorga qiyma solishdan oldin bir ozdan mayin tuz sepib chiqing so’ng bodomday — bodomday do’mba (charvi) yog’I solib qiyma toldirasiz. Mantiqasqonning lappaklariga ochiq tomonni pastga qilib terib chiqasiz qasqon kastryulkasiga qo’y yog’ini eritib, jizzasini olmasdan mayda to’g’ralgan piyozni jazlab , so’ng mayda kubik qilib to’g’ralgan sabzini kartoshka bilan bo’lg’or garmdorisini solasiz. Va yana bir oz jazlagach , haligi pomidorlar ichidan olingan etini mayda to’g’rab yoki go’sht qiymalagichdan o’tklazib, sharbati bilan sho’rvaga qushib yuborasiz. Sho’rvaga yana talabga ko’ra mo’ljallab suv quyasiz va tuzini rostlaganingizdan keyin qasqoning pomidor mantilari terilgan lappaklari joylangan ustki qismini sho’rvali kastryulka ustiga o’rnatasiz. Butaom 35 — 40 minut pishadi. Dasturxonga tortishda likopchalarda har bir xo’randa uchun 4 dona hisobida pomidor manti solib, kosachalarga esa sho’rvasidan keltirasiz. Masalliq: 20 — 25 dona olma kattaligidagi pomidorlar , 500 gr lahim go’sht, 300 gr qo’y yog’i (150 gr jazlashga, 150 gr esa pomidor mantilarinig ichiga solishga ), 4 — 5 bosh piyoz, 1 stakan chala pishirilgan guruch ,1 dona tuxum, 2 — 3 ta kartoshka, 1 dona sabzi, 1 — 2 dona bo’lg’or garmdorisi , tuz va murch ta’bga ko’ra olinadi.
Oshqovoq do`lma
Oshqovoqning uzunchoqroq , po’chog’I qalin va qattiq, qora va sariq yo’llari bor somsa qovoq deb ataladiga navi bo’ladi. Ana shunsidan olib , bandi tomonidan 2 — 3 sm qalinlikda qopqog» ochasiz . urug’ini va tivitlarini qoshiqsimon qirg’ich yordamida olib tashlaysiz. Hosil qilingan osh qovoq mundi ga qiyma to’ldirasiz. Qiyma bunday tayyorlanadi:go’shtni qiymalagichdan o’tkazib, bunga mayda to’g’ralgan piyoz, yuvilgan guruch , tuz va murch sepib aralashtirasiz. Guruch yaxshi pishsin uchun qiymaga picha suv quyasiz. Agar go’sht yog’sizroq bo’lsa , qiymaga picha sariyog’ qo’shishingiz ham mumkin. Ushbu qiymani oshqovoq ichiga to’ldirgach, haligi qopqog’ini yopasiz. Oshqovoq do’lamni tarelkaga solib, qizdirilgan gaz duxovkasini patnisiga qo’yasiz va o’rtacha olov berib, 1,5 — 2 soat davomida pishirasiz. Bug’ hosil bo’lsin uchun vaqti — vaqti bilan duxovka patnisiga suv quyib turing. Pishganligi oshqovoqning yumshaganligi bilan aniqlanadi . tayyor taomni katta laganga solib dasturxonga tortiladiva bevosita yeyish oldidan bo’laklarga bo’linadi. Masalliq:1 dona o’rtacha kattalikdagi oshqovoq, 500 gr go’sht, 1 stakan guruch , 100 gr sariyog’ , 3 — 4 bosh piyoz, tuz va murch ta’bga ko’ra solinadi.

Olxo`ri do`lma
Olxo’rining yirik mevalaridan tanlab olib yuvib yuborgach qovun so’yganga o’xshab tilik tortasiz va danagini olib tashlaysiz. Yangi qo’y go’shtini qiymalagichdan 2 marta o’tkazib, tuz sepasiz — da , olxo’rilar orasiga to’ditib chiqasiz. Tubiga likopcha qo’yilgan kastryulkaga terib, ustidan ham likop yopib, yuk bostirganingizdan keyin masalliqning yuzi bilan barobar suv quyib juda sust olovga qo’yib qaynab chiqqanidan e’tiboran yana 30 — 35 minut mildiratib pishirasiz. Har bir xo’randa uchun alohida likopchada 8 — 10 donadan olxo’ri do’lma solib , yuziga sariyog’ surtib, dasturxonga tortasiz. Masalliq: 2 kg yirik olxo’ri , 400 gr yog’li qo’y go’shti, ta’bga ko’ra tuz va yuziga surtish uchun 50 gr sariyog’ kerak bo’ladi.
Pomidor manti (do`lma)
Pomidorning olma yoki sovg’a navlaridan qip — qizil pishgan o’rtacha kattalikdagi va ezilmaganlarini tanlab olasiz. Band tomonini kesib tashlab , o’rtasidagi eti , urug’larini va selini bir idishga to’playsiz. Hosil qilingan pomidor kosacha larga qiyma bosasiz. Qiymasini tayyorlash : go’shtni qiymalagichdan chiqarasiz, bunga chala qaynatilgan guruch , mayin to’g’ralgan piyoz, xom tuxum, tuz va murch qo’shib yaxshillab aralashtirsiz. Pomidorga qiyma solishdan oldin bir ozdan mayin tuz sepib chiqing so’ng bodomday — bodomday do’mba (charvi) yog’I solib qiyma toldirasiz. Mantiqasqonning lappaklariga ochiq tomonni pastga qilib terib chiqasiz qasqon kastryulkasiga qo’y yog’ini eritib, jizzasini olmasdan mayda to’g’ralgan piyozni jazlab , so’ng mayda kubik qilib to’g’ralgan sabzini kartoshka bilan bo’lg’or garmdorisini solasiz. Va yana bir oz jazlagach , haligi pomidorlar ichidan olingan etini mayda to’g’rab yoki go’sht qiymalagichdan o’tklazib, sharbati bilan sho’rvaga qushib yuborasiz. Sho’rvaga yana talabga ko’ra mo’ljallab suv quyasiz va tuzini rostlaganingizdan keyin qasqoning pomidor mantilari terilgan lappaklari joylangan ustki qismini sho’rvali kastryulka ustiga o’rnatasiz. Butaom 35 — 40 minut pishadi. Dasturxonga tortishda likopchalarda har bir xo’randa uchun 4 dona hisobida pomidor manti solib, kosachalarga esa sho’rvasidan keltirasiz. Masalliq: 20 — 25 dona olma kattaligidagi pomidorlar , 500 gr lahim go’sht, 300 gr qo’y yog’i (150 gr jazlashga, 150 gr esa pomidor mantilarinig ichiga solishga ), 4 — 5 bosh piyoz, 1 stakan chala pishirilgan guruch ,1 dona tuxum, 2 — 3 ta kartoshka, 1 dona sabzi, 1 — 2 dona bo’lg’or garmdorisi , tuz va murch ta’bga ko’ra olinadi.
Oshqovoq do`lma
Oshqovoqning uzunchoqroq , po’chog’I qalin va qattiq, qora va sariq yo’llari bor somsa qovoq deb ataladiga navi bo’ladi. Ana shunsidan olib , bandi tomonidan 2 — 3 sm qalinlikda qopqog» ochasiz . urug’ini va tivitlarini qoshiqsimon qirg’ich yordamida olib tashlaysiz. Hosil qilingan osh qovoq mundi ga qiyma to’ldirasiz. Qiyma bunday tayyorlanadi:go’shtni qiymalagichdan o’tkazib, bunga mayda to’g’ralgan piyoz, yuvilgan guruch , tuz va murch sepib aralashtirasiz. Guruch yaxshi pishsin uchun qiymaga picha suv quyasiz. Agar go’sht yog’sizroq bo’lsa , qiymaga picha sariyog’ qo’shishingiz ham mumkin. Ushbu qiymani oshqovoq ichiga to’ldirgach, haligi qopqog’ini yopasiz. Oshqovoq do’lamni tarelkaga solib, qizdirilgan gaz duxovkasini patnisiga qo’yasiz va o’rtacha olov berib, 1,5 — 2 soat davomida pishirasiz. Bug’ hosil bo’lsin uchun vaqti — vaqti bilan duxovka patnisiga suv quyib turing. Pishganligi oshqovoqning yumshaganligi bilan aniqlanadi . tayyor taomni katta laganga solib dasturxonga tortiladiva bevosita yeyish oldidan bo’laklarga bo’linadi. Masalliq:1 dona o’rtacha kattalikdagi oshqovoq, 500 gr go’sht, 1 stakan guruch , 100 gr sariyog’ , 3 — 4 bosh piyoz, tuz va murch ta’bga ko’ra solinadi.
Pazanda
Do’lmalar tayyorlash retsepti
Related Posts