DOLIMOV Toʻrabek Noʻmonovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOLIMOV Toʻrabek Noʻmonovich haqida malumot bilib oling.

DOLIMOV Toʻrabek Noʻmonovich (1936.18.8 — Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1995). Geol.-mineralogiya fanlari d-ri (1981), prof. (1985) N. Dolimovning oʻgʻli. ToshDUni tugatgan (1960). Oʻzbekiston FA Geol. va geofizika in-tida aspirant (1962), ilmiy xodim (1965 — 83). 1973—74 y. larda Oʻzbekistan Geologiya vazirligi qoshidagi Oʻrta Osiyo geol. va mineral xom ashyo in-tida shoʻba mudiri. 1983-y. dan ToshDU geol. fakultetida kafedra mudiri, dekan (1985-87). ToshDU ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1987—95), 1995-y. dan hoz. OʻzMU rektori. Ilmiy ishlari burmalangan oʻlkalardagi vulkan jinslarining petrologiyasi va Tyanshanning geodinamikasiga bagʻishlangan.

Oʻzbekiston «Xalq birligi» harakati raisi (1995-y. dan), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995-y. dan). «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997-y. dan), «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

As: Fatsialnost granitnыx formatsiy, T., 1972; Vulkanogennыye formatsii Uzbekistana, T., 1971; Riftogenez v istorii razvitiya paleozoid, T., 1988; Kislыy vulkanizm skladchatыx oblastey na primere Sredinnogo i Yujnogo TyanShanya, T., 1981; Istoriya magmatizma Tyan-Shanya, T., 1989.

Ensiklopediya.uz
DOLIMOV Toʻrabek Noʻmonovich