DOLERIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOLERIT haqida malumot bilib oling.

DOLERIT (yun. doleros — aldamchi) — kaynotip magmatik togʻ jinsi, intruziv tog jinslariga nisbatan yuzaroqda hosil boʻladi. Ichki tuzilishi ofit, poykilofit, intersertal, tashqi tuzilishi massiv, baʼzan toshbodom. Rangi krramtir kulrang. Mineral tarkibiga koʻra D. ning olivinli, asl va leykodolerit xillari mavjud. Doleritning effuziv analogi bazalt deb ataladi. Asosan, plagioklaz, piroksen, ozroq olivindan iborat. Dolerit bazalt tarkibli lava oqimlari markaziy qismining asta-sekin sovishidan hosil boʻladi. Gipabissal intruziv jinslar (dayka, sill) koʻrinishida uchraydi. Kontinent lar, okean osti Yer pusti, orollar trapp formatsiyalarida koʻp tarqalgan. Oʻzbekistonda Chatqol, Qurama, Nurota, Tomdi, Boʻkantov, Molguzar togʻlarida uchraydi. Dolerit bilan mis, nikel, kobalt, polimetall (qoʻrgʻoshin, pyx) va b. konlar bogʻliq. Dolerit qurilish materiali sifatida ham ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
DOLERIT