DOGMA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOGMA haqida malumot bilib oling.

DOGMA (yun. dogma — fikr, qoida, taʼlimot) — 1) qanday sharoitda qoʻllanishidan qatʼi nazar, tanqid koʻzi bilan tekshirilmay koʻr-koʻrona qabul qilinaveradigan qoida, dalil-isbotsiz muhokama. Dogmatik fikr bilish yoʻliga, fan taraqqiyotiga toʻsqinlik qiladi (q. Dogmatizm);

2) ilohiyotda dindorlar uchun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinadigan taʼlimot (q. Aqida).

Ensiklopediya.uz
DOGMA