DOGʻISTON TOGʻ QOʻY ZOTI haqida malumot bilib oling.
DOGʻISTON TOGʻ QOʻY ZOTI — mayin junli, goʻsht-jun beradigan qoʻy zoti. Dogʻistonda dagʻal mahalliy gunib qoʻylarini Vyurtemberg (Germaniya) mayin junli qoʻchqorlari bilan chatishtirib yetishtirilgan (1933—50) va olingan 2-boʻgʻin duragaylarini tanlash va saralash, togʻ yaylovlariga moslashish qobiliyatini oʻrgangan holda yaratilgan. Togʻ-yaylov iqlimiga yaxshi moslashgan. Pushtdorligi 130—135%. Qoʻchqorlarining tirik vazni 80—85 (ayrimlari 130) kg gacha, sovliqlariniki 50—45 (baʼzida 95) kg. Qoʻchqorlaridan 5,5 — 6,0 (10 kg) gacha, sovliklaridan 3,3 — 3,5 (6,5 kg) gacha jun qirqib olinadi. Toza jun chiqishi 55— 58%. Juni oq, tolasining uz. 8—11 sm. Sof jun (tola) chiqimi 55—56%. D. t. q. z. dagʻal junli qoʻylar sifatini yaxshilashda foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
DOGʻISTON TOGʻ QOʻY ZOTI