Docker nima?
Docker nima?
Docker haqida hamma eshitgan bo’lsangiz kerak. Hozirgi kunda Docker ko’plab dasturchilar uchun yangilik bo’lmay qoldi.
Xo’sh, Docker nima? Dockerdan qayerda foydalaniladi? Dockerdan qanday foydalaniladi? Shu kabi savollarga javob topamiz. Fikr, mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.
Docker — Linux operatsion tizimida konteynerlar yaratib, ishga tushirish uchun mo’ljallangan eng mashxur dastur. Konteynerlashtirish ancha yillar yaratilgan bo’lsada, 2013-yilda dasturchilar uchun qulay, oddiy dastur sifatida omma e’tiboriga havola etildi.
Docker open source dasturiy ta’minot sifatida yaratilingan, ammo hozirda u Docker Inc. kompaniyasiga tegishli. U Docker asosida kompaniyalar uchun tijoriy dasturlar yaratish bilan shug’ullanadi.
Docker yordamida Siz dasturlaringiz tezda ishga tushirishingiz mumkin. U linux yadrosida izolyatsiya qilingan muhit yaratishingiz, yerda turli xil o’zingizni dasturlaringiz yoki boshqalar tomondan yaratilingan dasturlarni xavfsiz muhitda ishga tushirishingiz mumkin. Qolaversa docker ishga tushgan muhit asosiy tizimdan ajratilganligi sababli, istalgan turdagi testlarni amalga oshirish mumkin. Xavfsiz izolyatsiya qilingan bir qancha konteynerlarni bir tizimda bir vaqtda ishga tushirish mumkin.
Platforma va konteynerli virtualizatsiya vositalari quyidagi holatlarda foydali bo’lishi mumkin:
- sizning dasturlaringizni docker konteynerlarga kiritishda;
- bu konteynerlarni jamoangizning boshqa dasturchilari va testchilariga yetkazishda;
- bu konteynerlarni server va bulutlarga chiqarib, ishga tushirishda(live/production).
Docker orqali Siz o’zingiz yaratgan dasturlarni tezkorlik bilan ishga tushirishingiz mumkin. Bu katta tashkilotlar ishlaydigan jamolar uchun juda qulay.
Masalan, dasturchilar lokal kod yozishadi. Bundan boshqa dasturchilar ham qatnashishlari mumkin. Yozilgan dastur tayyor bo’lgandan so’ng, uni konteynerda testlash uchun yuborish mumkin. Bunda konteynerda kerakli testlarni ishga tushirib, yozilgan dastur to’g’ri ishlayotganini tekshirish mumkin. Hammasi joyida bo’lgandan so’ng, bu konteynerlarni serverga haqiqiy foydalanuvchilar ishlata olishlari uchun chiqarish mumkin.
DevOps
Docker nima?