DOʻSTMUHAMMADXON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOʻSTMUHAMMADXON haqida malumot bilib oling.

DOʻSTMUHAMMADXON (1790/93 – 1863) – afgʻon amiri (1834-40, 1842-63), barakzoilar sulolasining asoschisi. Durroniylar davlati yemirilgach, Gʻazna va Kobul amiri (1834). Afgʻon yerlarini birlashtirish maqsadida mayda xonliklarga qarshi kurashgan. Inglizlar va afgʻonlar oʻrtasidagi urushda asir tushgan (1840-y. oxiri), Hindis-tonga surgun qilingan. 1842-y. da inglizlar urushda yengilgach, Doʻstmuhammadxonni ozod qilishga majbur boʻlgan. Doʻstmuhammadxon qayta Af-gʻoniston taxtiga chiqqan. 1855—63 y. larda Qandahor, Hirot va mayda xonliklar (Oqcha, Qunduz, Xulm) ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan. Doʻstmuhammadxon hukmronligi yillarida Afgʻoniston hoz. chegarasigacha kengaygan.

Ensiklopediya.uz
DOʻSTMUHAMMADXON