DOʻSPANOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOʻSPANOV haqida malumot bilib oling.

DOʻSPANOV Oʻroqboy (1938.4.3, Moʻy-noq sh.) — qoraqalpoq tilshunosi. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), filol. fanlari d-ri (1981), prof. (1992). Qoraqalpogʻiston davlat pedagogika in-tini tugatgan (1960), shu in-tda oʻqituvchi (1960— 61), Oʻzbekistan FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi N. Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim (1961— 81), boʻlim mudiri (1981—92), direktor oʻrinbosari (1985—89), Nukus davlat pedagogika in-tida kafedra mudiri (199294), dekan (1994-y. dan), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (1993—94). Ilmiy ishlari qoraqalpoq tilining tarixi, dialektologiyasi, grammatikasi, leksikografiya, lingvogeografiya kabi masalalarga bagʻishlangan. Doʻspanov oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maktab oʻquvchilari uchun qoraqalpoq tilidan dareliklar muallifi. «Qoraqalpoq tilining imlo lugati» (1980 — 90), «Qoraqalpoqcha-ruscha lugʻat» (1990), «Ruscha-qoraqalpoqcha lugʻat» (1995) kabi bir qancha lugʻat tuzuvchilaridan biri.

Ac: Qoraqalpoq ismlari, T., 1994; Qoraqalpoq adabiyoti klassiklari asarlari tili, T., 1995.

Ensiklopediya.uz
DOʻSPANOV