Djeff Bezos haqida to’liq malumot oling
Nima uchun mashhur?
Dunyodagi eng badavlat inson. Amazon internet-savdo kompaniyasi prezidenti, Blue Originaerokosmik kompaniyasi va Vashington Post nashriyot uyi egasi. Ayni vaqtda boyligi 139,7 mlrd.dollarga teng. O‘tgan yili Amazon kompaniyasi 280,5 mlrd. pul ishlab topgan.
Mundarija
скрыть
Qanday qilib mashhur bo’ldi?
Jeff 1964 yili 12 yanvar kuni Yorgensen familiyasi bilan AQShda tavallud topgan. Tug‘ilgan vaqtida onasi 17 yoshlik maktab o‘quvchisi, otasi esa velosiped do‘koni sotuvchisi edi. 4 yoshligida onasi otasi bilan ajrashib, kubalik Migel Bezosga turmushga chiqadi. To‘ydan so’ng Migel Bezos Jeffni asrab olib, o‘z familiyasini beradi. 5 yoshligida ota-onasi ham bankda ishlab, ham universitetda o‘qiganligi bois bolakayga “Sen endi kattasan, bizning ishonganimizsan”, deya uqtirishadi. Bolaligidanoq texnikaga qiziqqani bois maktabdan qaytgach,xonasiga qamalib olib, kichik ixtirolar qilishga urinadi. Maktabni bitirgach, hech qanday qiyinchiliksiz Priston universitetiga o‘qishga kiradi. 1994 yildan turli vazifalarda ishlay boshlaydi. Xalqaro savdo tarmog‘ini rivojlantirish ustida ish olib borib, D. E. Shav & Kokompaniyasining vitse-prezidenti ham bo‘ladi. Lekin unga nimadir yetishmasdi. Yil oxirida Sietlga sayohat qilishga ahd qiladi va hayoti butunlay o‘zgaradi. Ishdan bo‘shaydi. Keyin esa garajida Amazon.kom onlayn kitob do‘koniga asos soladi. Ko‘pchilik unga ko’p о‘tmay kompaniyaning bankrot bo‘lishini aytadi. Ammo u taslim bo‘lmaydi. 1998 yili kompaniya video va audio mahsulotlar sotuvini ham yo‘lga qo‘yadi. 1999 yili Time jurnali Bezosni yil odami deb e’tirof etadi. 2000 yili bankdan 2 mlrd. dollar qarz olib, yangi va yangi innovatsiyalar qiladi. Sekin-asta internet do‘kon hamma narsa sotishni boshlaydi va yirik kompaniyaga aylanadi. 2018 yili dunyoning eng boy odami deb topiladi va shu kungacha bu o‘rinni hech kimga bermagan.
Mashhur nima deydi?
«Boshqa kompaniyalar raqobatdoshlaridan o‘zib ketishni xohlaydi. Biz esa mijozlarimizni o‘ylaymiz. Shuning uchun ham ular bizdan o‘tib ketisholmaydi».
new.fikrat.uz
Biografiya
Djeff Bezos haqida