Django falsafasi qanday ?

Django falsafasi qanday ?

Django bu Python orqali yozilgan veb freymvork hisoblanib , tezkor masshtabli va havfsiz bo’lgan veb ilovalarni tuzishga mo’ljallanadi. Tajribali mutahasislar tomonidan ishlab chiqilgan ushbu freymvork o’ziga veb saytda qilinishi kerak bo’lgan juda katta ishlarni oladi. Bu orqali u dasturchini asosiy muammoga ko’proq e’tibor qaratagan holatda ishlashini ta’minlaydi. 

 Django open source (ochiq kodli ) va foydalanish uchun tekin hisoblanadi. Django keng qamrovli sodda yo’riqnomaga ega , ko’p sonli dasturchilari mavjud hamjamiyat va tekin yoki pullik qo’llab quvvatlash xizmatlarini taklif qiladi.

 Django o’zida juda effektiv bo’lgan yechimlarni jam qiladi , ular quyidagilardan iborat .

 To’liq komplektga ega instrurmentariy . 

 Django «Hammasi bir idishda» falsafasiga tayanadi. Dasturchiga loyiha davomida kerak bo’lishi mumkin bo’lgan barcha narsalarni standart yechimlarini beradi. Bunga qo’shimcha qilib batafsil yo’riqnoma va ajoyib ravishda bir biri bilan ishlovchi kerakli modullarni ham aytib o’tish lozim. 

 Universal insturment.

 Django oddiy 1 sahifali statik sayt , yanligiklar obunasi , internet do’kon , CRM tizim yoki YouTube ga o’xshagan masshtabdagi yirik loyiha uchun ham ishlatilishi mumkin. Uning deyarli har qanday maqsad uchun kor kelish xususiyati nafaqat Python da yozilgan boshqa freymworklardan sezilarli darajada farqlantiradi balki veb uchun yozilgan barcha freymvorklar ichida ham peshqadam qiladi. 

 Xavfsiz bo’lgan ilovalar hosil qilish uchun insturment.

 Django dasturchi uchun ommalashgan ko’plab xavfsizlik muammolaridan holi ravishda loyihani ko’tarish imkonini beradi. Avtomatik tarzda loyihani xavfsiz qilib ishlab chiqadi va qo’llab quvvatlaydi. Misol tariqasida seans , cookie fayllari juda nozik joy hisoblanadi sayt uchun , Django ular himoyasini hech qanday qo’shimcha buyruqlarsiz o’z zimmasiga oladi. Parollar shifrlangan tazda ma’lumotlar omborida saqlanadi. 

 Masshtablashuvchan ilovalar. 

 Djangoda loyiha kichik bo’laklarga ajratilib qilinadi, biz ularni app — ya’ni shunchaki ilovalar deb ataymiz. Ular har birlari boshqalaridan hech qanday qaramliksiz , indevidual tarzda ishlashadi. Bu muammo vaqtida boshqalarga ta’sir qilamagan holatda uni bartaraf qilish imkonini va qolaversa istalgan hajmdagi loyihani qurishni ham beradi. Loyihaga yuklamalar ortgan vaqtda Django istalgan hajmdagi yuklamani hoh u server hisobida , hoh ma’lumotlar ombori hisobida bo’lsin bo’laklarga bo’lgan holatda kengayishi va yuklamani kamaytirishi mumkin. Yuklamalari ko’p bo’lgan saytga misob bu — Instagram , u Djangoda muvafaqqiyatli masshtablashtirilgan.

 Ishlab chiqilgan ilovalar foydalanish va qo’llab quvvatlash uchun qulay.

 Djangoning loyihalashtirish shabloni loyihani bo’laklar bo’lish va yechimlarni qayta qo’llash kabi foydali tomonlariga ega. DRY — Dont Repeat Yourself ya’ni takrorlama prinsipiga asosan Djangoda qilingan yechimlarni qayta takrorlash orqali kod hajmini oshishi va boshqa ko’ngilsizliklardan qutulasiz. Django MVC konsepsiyasiga muvovfiq ishlaydi. M , Model — bu ma’lumotlar tuzilmasini , omborni o’z ichiga oladi. V , View — bu ombordagi ma’lumotlarni aks ettirish va taqdim qilishga oid ishlar. C , Controller — bu foydalanuvchining harakatarini kuzatish , munosib javob qilish degani.

 Ishlab chiqilgan ilovalar krossplatforma hisoblanadi.

 Django loyiha hech qaysi bir server dasturiy ta’minoti yoki operatsion tizimga qaram emas , u Liux , MacOS yoki Windows bo’lsin muammolarsiz ishlayveradi.Bunga sabab uni Pythonda yozilgani , o’z o’rnida Python ham shunday hislatga ega.

Umumiy Dasturlash
Django falsafasi qanday ?