DIYORBAKIR haqida malumot bilib oling.
DIYORBAKIR — Turkiya jan.sharqidagi shahar, Diyorbakir elining maʼmuriy markazi. Dajla daryosi sohilida. Aholisi 448,3 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, elektr mashinasozligi, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Diyorbakirdan shim.-gʻarbda mis va xrom rudalari olinadi.
Ensiklopediya.uz
DIYORBAKIR