DISSERTATSIYA haqida to’liq ma’lumot oling
DISSERTATSIYA (lot. dissertatio — tadqiqot, mulohaza) — ilmiy daraja olish uchun taqdim etilgan va jamoatchilik oldida yakka tartibda himoya qilinadigan ilmiy asar. D. himoya qilish dastlab oʻrta asrlarda nemis tilida soʻzlashadigan mamlakatlarning un-tlarida paydo boʻlgan. 16—17-a. larda boshqa mamlakatlarga ham tarqala boshlagan. Oʻzbekistonda 1934-y. dan fan nomzodi va fan doktora ilmiy dara-jasini olish uchun Dissertatsiya himoya qilish joriy etila boshladi. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun himoya qilinadigan Dissertatsiya yangi ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalarni oʻz ichiga oli-shi, uning muallifi (dissertant) tanlangan mutaxassislik boʻyicha chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega ekanligini koʻrsatib berishi lozim. Fan d-ri ilmiy darajasini olish uchun himoya qilinadigan Dissertatsiya fan va texnikaning muayyan sohasidagi katta ilmiy nazariy muammoni hal qilishi, fan va amaliyotning rivojiga ulkan hissa boʻlib qoʻshilishi lozim. Nomzodlik va doktorlik Dissertatsiya lari oliy oʻquv yurtlari yoki i. t. institutlarida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarda himoya qilinadi. Himoyaga taqdim etilgan Dissertatsiyaning asosiy mazmuni alohida kitob tarzida yoki jur., ilmiy toʻplam va b. nashrlarda eʼlon qilinishi lozim. Ularning soni va hajmi OʻzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan belgilanadi. Shuningdek, muhim ixtiro va kashfiyotlar, ayrim shaxs yoki jamoa tomonidan yangi mashina, boshqarish tizimi, turli asboblar, qurilma va texnologik jarayenlar yaratishdagi tugallangan ishlar, bir muallif tomonidan tayyorlangan mustaqil ilmiy yoki ilmiy metodik asar darajasida boʻlgan original dareliklar ham ilmiy maʼruza shaklida Dissertatsiya oʻrnida himoyaga takdim etilishi mumkin. Dissertatsiya himoyasi oldidan uning asosiy mazmuni va xulosalari yozilgan avtoreferat eʼlon qilinadi. Himoya qilingan nomzodlik va doktorlik Dissertatsiyalari OAK tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiklangandan soʻng Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga davlat tomonidan tasdikdangan namunadagi diplom topshiriladi. Himoya qilingan Dissertatsiyalar himoya oʻtgan ilmiy muassasa kutubxo-nasida, shuningdek, muayyan soha kutubxonalarida saqlanadi.
OʻzRda 2000/2001 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tizimida magistrlar uchun ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik Dissertatsiya sini himoya qilish joriy etilgan.
Malumotlar
DISSERTATSIYA