DISPETCHER haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DISPETCHER haqida malumot bilib oling.

DISPETCHER (ing. dispatch — tez bajaraman) — i. ch. ning uzluksizligini taʼminlash maqsadida, uning har bir jarayonini maxsus texnika vositalari yordamida operativ nazorat qilish, muvofiklashtirish va markazlashgan boshqaruvni amalga oshiruvchi xizmatchi. Dispetcher dispetcherlik pultida oʻrnatilgan aloqa vositalari, dispetcherlik signalizatsiya apparatlari, dispetcherlik soʻzlashuv apparatlari yoki kommutatorlar, faks va televizion uskunalari, radiotelefon, kompyuter va b. vositalardan foydalanib ish yuritadi (yana q. Dispetcherlash).

Ensiklopediya.uz
DISPETCHER