DISPERSLASH haqida to’liq ma’lumot oling

DISPERSLASH haqida to’liq ma’lumot oling

DISPERSLASH (lot. dispergo — socha-man, yoyaman) — qattiq jismlar va su-yukliklarni tevarak-atrofdagi muhitda oʻta maydalab, dispers tizimlar (kukun, suspenziya, emulsiya) hosil qilish. Suyukdiklarni gazlarda (havoda) Disperslash toʻzitish deb, suyuqliklarda Disperslash esa emulsiyalash deb ataladi. Sanoatda qattiq jismlar har xil konstruksiyali tegirmonlarda, tovush va ultratovush vibratorlarida disperslanadi. Suyukliklarni Disperslash uchun har xil gomogenizatorlar (bir jinsli emulsiya hosil qiluvchi apparatlar) qoʻllaniladi. Lab. lar va dorixonalarda hovonchalar koʻp ishlatiladi. Disperslash sement, pigment, toʻldirgich, un, oziqovqat va yem-xashak konsentratlari olishda, zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishda, suyuq va qattiq yoqilgʻilarni yoqishda va b. koʻpgina texnologiya jarayonlarida qoʻllaniladi.

Malumotlar
DISPERSLASH