DISK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DISK haqida malumot bilib oling.

DISK (yun. discos — yassi doira. dumaloq plastinka) — 1) mashina va mexanizmlarning doira shaklidagi qismi;

2) yengil atletikada irgʻitishga moʻljallangan sport asbobi. Diskning diametri 221 mm, ogʻirligi 2 kg; oʻsmirlarga moʻljallanganining diametri 201 mm, ogʻirligi 1,5 kg; ayollarga moʻljallanganining diametri 182 mm, ogʻirligi1 yoki 0,5 kg. Disk metalldan, yogʻochdan va rezinadan qilinadi (yogʻochdan yasalgan Disk gardishiga odatda, metall qoplanadi);

3) oʻq otar qurollarning oʻqdoni.

Ensiklopediya.uz
DISK