DINSUN haqida to’liq ma’lumot oling
DINSUN — Shim. Xitoyning Shanʼsi viloyatiga qarashli qishlogʻi (Fenxe daryosi yoqasida) yaqinidan topilgan quyi paleolit davri qarorgohi. 1953-y. da ochilgan. Dinsundan qazilma odamning 3 ta tishi (1 ta ustki va 2 ta pastki) va 2 mingga yaqin tosh qurol topilgan. Tosh qurollar orasida qirgʻich, nukleuslar, uch burchakli yoʻgʻon ponalar, yupqa pichoq, yumaloq tosh bolgʻalar koʻp uchraydi. Dinsun odami sinantrop bilan hoz. odamlar oʻrtasidagi taraqqiyot bosqichida turgan.
Malumotlar
DINSUN