Dinshunoslik kitobi
Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan
Dinshunoslik kitobi
1. Dinshunoslik” fanining predmeti, ma qsadi va vazifalari .
2. Din tushunchasi va uning jamiyatdagi funkstiya lari.
3. Dinlarning ta’limotiga ko‘ra bo‘linishi.
Dinshunoslik asoslari kursining predmeti va uning ijtimoiy fanlar o’rtasida tutgan o’rni. Hozirgi zamon voqeligining o’ziga xos xarakterli xususiyalaridan biri shundaki, jamiyatning barcha sohalariga ilmiy tafakkurning ta’siri keskin kuchaymoqda, uning ijtimoiy taraqqiyot omili sifatidagi roli ortmoqda. Fanning XX asrdagi muvaffaqiyatlari chindan ham buyukdir. U bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylanib, inson tabiat sirlarini tobora chuqur anglash imkonini bermoqda. Hozirgi vaziyatda ilmiy dinshunos-likning nazariy yutuqlari va mamlakatimizdagi diniy tashkilotlarning g’oyaviy va amaliy ish faoliyatini hisobga olganda din va dindorlarga bo’lgan munosabatlarni qayta ko’rib chiqishni talab etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Agar mendan nega milliy qadriyatlarimiz shuncha zamonlar osha bezavol yashab kelayapti, deb so’rashsa, bu – avvalo muqaddas dinimiz hisobidan, deb javob bergan bo’lur edim. Shu zaminda o’tgan necha-necha avlodlar diniy e’tiqodni yurakda saqlamasa, islom falsafasini rivojlantirib kelmasa, biz bebaho va betakror ma’naviy – ruhiy merosdan mahrum bo’lib qolardik. Toki har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlar faqat islom dini to’g’risida emas, umuman, dunyodagi mavjud dinlar, ularning tarixi, mohiyati to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lsin. Ijtimoiy sohaga oid darslarda yoshlarga din bilan dunyoviy hayot masalalarini, bu ikki tushunchaning bir – biriga ta’sirini, ular o’rtasidagi mo’’tadil munosabat bo’lishi zarurligini ochib berish kerak».
Ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug’, qabila va milliy dinlargacha, ularda jahon dinlarining paydo bo’lishi va rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik (nazariy bilish) va psixologik ildizlari mavjuddir. Ana shularni har tomonlama tarixiy dalillar asosida ilmiy tahlil qilish mazkur kursning vazifasidir. Din tushunchasi. Din va diniy e’tiqodning falsafiy mohiyati. Din tushunchasi ko’p qirrali, murakkab va ziddiyatli ijtimoiy hodisani ifodalaydi. Din so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ishonch, inonish ma’nolarini bildiradi. E’tiqod ham arabcha bo’lib, chuqur va mustahkam ishonch demakdir. Din va diniy e’tiqod fan shakllana boshlagandan falsafaning etakchi mavzusi bo’lib kelgan. Aynan dinga munosabatda, dunyoni bilishda faylasuflar idealistlar va materialistlar oqimlariga ajralib ketishgan. Dunyoviy dinshunoslik bilishning dialektik usulidan foydalanib, dinning gnoseologik va ijtimoiy ildizlarini, uning mohiyatini, kelib chiqishi va rivojlanib borishini mufassal tahlil etib bergan. Dinning psixologik ildizi inson psixikasining xususiyatlariga bog’liq bo’lib, u olamning odam ongida in’ikos etishi uchun imkon yaratadi. Dinga ishonuvchining ratsional va hissiy elementlarini o’z ichiga oluvchi bu ruhiy holatlari diniy o’z – o’zini anglash va o’zini-o’zi his etish vujudga kelishi uchun shart – sharoit va imkoniyat yaratadi. Ular muayyan ijtimoiy, avvalo salbiy omillarning ta’sirida, ro’yobga chiqishi amalga oshishi mumkin. Bu omillar turli xil salbiy hislar paydo bo’lishi uchun sababdir. Dinning psixologik va gnoseologik ildizlari bir – biri bilan chambarchas bog’langan. Bunda shaxs psixikasini aql yordamida anglash va hissiy – irodali his etish elementlari amal qiladi.
Dinning psixologik xususiyatlariga esa diniy his – tuyg’u, irim – chirim, turli diniy marosim, xatti – harakat, sajda va shu singarilar kiradi. K.K.Platonov qo’rquv, avvalo ijtimoiy his – tuyg’u sifatidagi qo’rquv singari inson psixikasi hodisalarini dinga xos psixologik ildizlarga taalluqli deb hisoblaydi. U inson psixikasidagi anglangan va anglanmagan hodisalar to’g’risidagi ziddiyat dinning yana bir psixologik ildizidir deb hisoblaydi. U ko’pgina diniy xatti – harakatlar psixologik strukturasining zarur elementlari hisoblangan musiqa, teatr, adabiyot, she’riyatni qabul qilish bilan bog’liq murukkab psixologik kechinmalar – katarsis (poklanish) emotsional o’ziga xos hissiyotni ham dinning psixologik ildizlari elementlari qatoriga kiritadi. Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar, ijtimoiy uyushmalar ijtimoiy psixologiyaning sub’ektlari bo’lishi kerak, degan to’g’ri xulosaga keldilar. Bular doirasida ehtiyoj, qiziqish, ijtimoiy norma, qadriyatlar, jamoatchilik fikri va shu singarilarni ijtimoiy-psixologik hodisalar sifatida samarali o’rganish imkonini beradi. Dinni ham ijtimoiy birliklar doirasida o’rganish, baholash, tavsiflash lozim. Shaxs ijtimoiy – psixologik hodisalarning, ijtimoiy borliq ijtimoiy psixologiyaning ifodasidir. Shuning uchun hozirgi zamon talabi dinni o’rganishda fannining dinsonshunoslik sohalarida, ya’ni tarix, falsafa, jamiyatshunoslik, psixologiya fanlarida mavjud bo’lgan materiallardan va uslublardan atroflicha foydalanishni, uning tub mohiyatini to’g’ri tushunishni va ijtimoiy muhitdagi o’rnini ilmiy talqin qilishni taqozo etadi, shu nuqtai nazarga asoslangan holda, dinning psixologik ildizlarini yoritishda inson psixikasiga xos bo’lgan xususiyatlarini, rivojlanish jarayonlarini o’rganishda psixologiya fanidan va uning metodlaridan foydalangan holda diniy ilmiy asosda o’rganamiz. Shaxsga ilmiy metodologik nuqtai nazardan yondoshuv ijtimoiy guruhning ruhiy holatini, uning his – tuyg’usi, kayfiyati va xokazolarini ayrim odamlar kechinmalarining majmui sifatida ko’rib chiqishni ko’zda tutadi. Bunda ijtimoiy guruhning yaxlitlik, bir butunlik sifatidagi o’ziga xos psixologik holatlari diqqat – e’tiborda bo’lmaydi. Ijtimoiy fanlar mavqeidan yondashuv esa, aksincha, jamiyatning ishlab chiqarish usuli birlamchi, ijtimoiy – psixologik hodisalar esa hosila bo’lib, ularni ayrim odamlar ongining holatiga taalluqli deb bo’lmaydi, degan qoidadan kelib chiqadi. Materialistik falsafaning inson ijtimoiy munosabatlar majmuidir, degan qoidasiga asoslanadigan bo’lsa, jamiyatdagi birliklarini, sotsial psixologiyani shakllantirishda ijtimoiy omillar hal qiluvchi rol o’ynashi, shaxs ijtimoiy omillarning qonuniy mahsuli ekanligi ayon bo’ladi. Ijtimoiy fanlar tadqiqotchini jamiyatga xos psixologik hodisalar xususiyatlarini, ularni paydo bo’lishi, o’zgarishi va rivojlanishini aniqlashga undaydi va aniqlashga yordam beradi.
Tarixiy – sotsiologik usul deb atalmish bunday yondoshuv tarixiy etnografik tadqiqotlarini olib borishda ,ayniqsa, yaxshi samara beradi. Bu usul dinshunoslikda ham evristik qimmatga egadir, chunki u yosh avlodda diniy e’tikotlarning va an’analarining saqlanish va takrorlanishiga sabab bo’ladigan sotsial – psixologik omillarni tadqiq etishda to’g’ri yo’nalishni belgilab olish imkonini beradi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ijtimoiy-psixologik hodisalarining xususiyatlarini hisobga olmay turib dinni tushunish, izohlash, tavsiflash mumkin emas. Din ma’naviy, aniqrog’i, g’oyaviy – madaniy omil bo’libgina qolmay, ayni vaqtda, ko’pgina jihatlardan ijtimoiy-psixologik hodisa hamdir. Din ijtimoiy birliklar va guruhlar mafkurasi va psixologiyasining tarkibiy qismi, bayram, urf-odat va marosimlarning manbai bo’lib, jamoa va guruhlar fikrini shakllantiradi, shaxs va ijtimoiy guruhlarning dasturlarini, qadriyat yo’nalishlari va motivlarini belgilaydi. Shu bilan birga, dinning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi, muayyan jamiyatdagi shart sharoitni uning dastlabki shakllari – sehrgarlik, totemizm, fetishizm, otashparastliklarni o’rganish, shuningdek turli ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarda dinning paydo bo’lish, mavjud bo’lib turish shart-sharoitlari va ildizlarini o’rganishni ham taqozo etadi. Dinning falsafiy mohiyati. Dinning paydo bo’lish sabablarini o’rganishning ilmiy asoslari dunyoviy dinshunoslikda quyidagicha bayon etiladi: 1. Diniy tushunchalar, ta’limot va tasavvurlarning paydo bo’lishini izohlashda insoniyat taraqqiyotining shart – sharoitini hisobga olish zarur.
2. Mavjud ijtimoy – iqtisodiy taraqqiyot darajasini, unga mos ravishda ijtimoiy – siyosiy munosabatlarga asoslangan holda insoniyatning ma’naviy kamolotini, ularning tashqi dunyo to’g’risidagi tasavvurlarining va bilmlarining darajasini bilish zarurdir. Tabiat sirlari oldida ibtidoiy odam ojizligi oqibatida tashqi dunyo to’g’risida, unda bo’layotgan voqe – hodisalarga nisbatan noto’g’ri qarashlar, g’aroyib hodisalar haqidagi asossiz tasavvurlarning tug’ilishiga olib kelganligini hisobga olish lozim.
4. Mehnat taqsimotining paydo bo’lishi asosida zolimlik va mazlumlik, boylik va qashshoklikning yuzaga kelishi bilan din hukmron sinfni himoya qiladigan ma’naviy qurolga aylanganligini nazarda tutish kerak.
5. Tabiatshunoslik ilmi, dalillarini fan – texnika yutuqlarini hisobga olish va ulardan tabiat va jamiyat sirlarini tushunishda foydalanish lozim. Bular bilan bir qatorda dinshunoslik asosan tabiatshunoslikka suyanish kerak degan g’oyalarni hisobga olish, dinning paydo bo’lish sabablarinigina emas, balki unga bo’lgan munosabatini ham to’g’ri talqin etishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Dinning paydo bo’lishi va rivojlanishini ilmiy asoslab o’rganish yani:
b) konkret- tarixiy sharoitni hisobga olish;
d) umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’liqlik;
e) din mavjudligini, umuman gnesalogik ijtimoiy – iqtisodiy va psixologik
sabablarini hisobga olishni taqazo etadi.
Kuzatilayotgan tabiat va jamiyatdagi hodisalar mohiyatiga ko’ra nihoyatda
murakkabdir. Tabiiy va ijtimoiy fanlarda buyuk muvaf faqiyatlarga erishgan hozirgi
zamonda ham hali bilib etilmagan sirli jarayonlar mavjud. Tabiat va jamiyatda
hamma narsa-hodisalar doim o’zgarib va rivojlanib boradi.
Dinning jamiyatdagi vazifalari. Jamiyat shakllanishining dastlabki
davrlarida paydo bo’lgan din xalqlar hayoti bilan bog’liq bo’lgan holda rivojlangan,
moslashgan, sekin-asta diniy tizimni vujudga keltirgan. Natijada ma’lum ijtimoiy –
siyosiy va madaniy – axloqiy vazifalarni bajarishni o’z zimmasiga olgan. Bunday
8funktsiyalar jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichlarida, ,ayniqsa, yaqqol ko’zga
Bu o’rinda dinning, ayniqsa, islomning Markaziy Osiyo xalqlari hayotida tutgan o’rni, vazifalari, fan va madaniyat bilan o’zaro ta’siri xususida fikr yuritish o’rinlidir.
Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan
Birinchidan, har qanday din o’z homiylari uchun to’ldiruvchi, ovutuvchi
(kompensatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda diniy ehtiyoj hosil bo’lishini olib
qaraylik. U o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari
jarayonida shaxsiy va ijtimoiy ehtiyoj, maqsadlariga etishishi qiyin, ilojsiz bo’lib
ko’ringanda bunday ma’naviy – ruhiy ehtiyoj vujudga kelgan. Chunki inson hayotida
quvonchli va tashvishli onlarda, orzular ro’yobga chiqishi ilojsiz bo’lgan paytda insoniyatning dinga ehtiyoji ortaborgan jamiyat bo’lib yashash talablarida boshlangan va
din bu o’rinda ma’naviy – ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini
Ikkinchidan, dinlar o’z ta’limot tizimini vujudga keltirib, unga e’tiqod qiluvchi
shaxs va jamoani shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning
birlashtiruvchilik (integrativlik) funktsiyasi deyiladi. Bunga din muayyan ijtimoiy,
etnik va ma’naviy hayotning o’z ta’siri doirasida bo’lishni ko’zda tutadi. Masalan,
islom o’tmishda Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, hattoki adabiyot va san’atiga o’z ta’sirini ko’rsatgan.
Uchinchidan, din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish (regulyativlik) Funktsiyasini bajaradi. har qanday dinlarning ma’lum urf – odat, marosim va bayramlari bo’lib, ularni o’z vaqtida, diniy ta’lim va talab asosida bajarilishi shart qilib kuyiladi.
To’rtinchidan, din dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqasini ta’minlovchi xususiyat – aloqa bog’lashlik vazifasiga ham egadir. Bunda konkret bir dinga e’tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa kishilar bilan bog’liq bo’lishi, urf – odat va ibodatlarni jamoa bo’lib ado etish ko’zda tutiladi. Cherkov, machit va diniy tashkilotlar dinning bu funktsiyasini amalga oshirishga ko’maklashadi, ayni paytda, bu holatni nazorat qiladi. Bulardan tashqari din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari bo’lib, insonning yashashdan maqsadi, hayotining mazmuni, dorul fano, dorul baqo – dunyo haqidagi masalalarga o’z munosabatlarini bildirishdan iborat. Dinlar tarixi siyosiy funktsiyaga ham ega bo’lganlar hozir deyarli barcha dinlar bunday funktsiyani bajarmaydi yoki bu funktsiya sezilarli emas. Har qanday dinning ma’lum tarixiy sharoitda bajaradigan funktsiyalari yig’indisi uning ijtimoiy vazifasini belgilaydi. Dinning ijtimoiy hayotga ta’siri hamma vaqt ham bir xil bo’lgan emas. U vaqtga, o’ringa, sharoitga qarab sezilarli darajada o’zgarib boradi.
«Dinshunoslik» kursi dinning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, uning ta’limotini, vujudga kelishi va shakllanishini o’rganuvchi fandir. Bu fan jamiyat
taraqqiyoti jarayonida din bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy hodisalarni – mafkura va aqidalar barcha ijtimoiy hodisalarni – mafkura va aqidalar, urf – odat va marosimlar, machit va diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini o’rganish, tahlil qilishni ko’zda tutadi.
Markaziy Osiyoda hurfikrlilik . Hurfikrlilikka xos dastlabki g’oyalar Markaziy Osiyoda – deizm, panteizm, mu’tazililiylar, bu o’lkada yashagan, ijod qilgan ulug’ mutafakkirlar Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayomning ijtimoiy – falsafiy qarashlarida O’z aksini topgan. Ibn Rushdning «Ikki haqiqat» ta’limotida olg’a surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi shoh Akbar, so’ngra XVIII asrda rantsuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabati XIX asrda ilmiy dinshunoslik xususida yangi oqim, yo’nalish va nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki bo’lgan. Binobarin, XIX asrda mifologik maktab (aka – uka Ya. va V.Rimm, M.Myuller); antropologik maktab (L.Feyerbax) va boshqa yo’nalishlar paydo bo’lgan. XX asrda dinshunoslik yanada yangi nazariyalar bilan boyigan. Bunda shveytsariyalik psixolog K. Yung va ,ayniqsa, frantsuz sotsiologi E.Dyurkgeymning «kollektiv ong» haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishi muhim xulosalar chiqarishga olib kelgan. Birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa hisoblanib, ijtimoiy ong
10shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining
muayyan ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli – tuman shakl va ko’rinish kasb etgan;
uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo’lgan dinlar
rivojlanishi evalyutsiyasini e’tirof etish dinshunoslik haqida to’g’ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, «Dinshunoslik asoslari» kursi predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limoti va marosimchiligi, ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funktsiyalarini ilmiy jihatdan o’rganuvchi fandir.
Yaqin va o’rta Sharq xalqlari tarixida hurfikrlilik g’oyalari Zardo’sht ta’limoti,
Mazdak ijtimoiy – siyosiy faoliyati ta’sirida bo’lgan. Al – Forobiy, Ibn Sino, Umar
Xayyom, Ibn Rushd kabi mutafakkirlar hurfikirlilikni keng rivojlantirganlar. Shu
sababdan «Dinshunoslik» kursini o’rganish jarayonida bular ta’limotining o’ziga xos
tomonlarini kengroq bayon qilish maqsadga muvofiqdir. Chunonchi, hurfikirlilik g’oyalarining paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishi har bir tarixiy taraqqiyotda,
ma’naviy hayotda, dinga bo’lgan munosabatni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etgan. Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida hurfikirlilikni ilmiy o’rganish uning har bir bosqichiga ob’ektiv yondashgan holda to’g’ri xulosalar chiqarish, uning tajribasi, ijobiy jihatlardan foydalanish shu kunning muhim masalalaridan biridir.
O’zbekistonda dinga munosabat . Hozirgi vaziyatda ilmiy dinshunoslik nazariy yutuqlarni va mamlakatimizdagi diniy tashkilotlarning g’oyaviy va amaliy ish faoliyatini hisobga olganda din va dindorlarga bo’lgan munosabatlarini qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi. Bunday zarurat diniy tashkilotlarning hozirgi ijtimoiy tuzumga bo’lgan ijtimoiy munosabatlariga ob’ektiv baho berishni talab etadi. Bularning hammasi davr talabidan va kelajakdagi ma’suliyatni his etgan holda respublikamizda aholi dindorligi – darajasini aniqlash, dindorlar va diniy uyushmalarning jamiyatda tutgan o’rnini to’g’ri talqin etish hamda din bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarining umuminsoniylik tamoyillarini tiklash, din va diniy muassasalarga doir muammolarga bo’lgan xolisona yondashishdir. Bu harakat ko’p yoqlama xususiyatga ega bo’lib, mustaqil respublikamizning ichki va tashqi
siyosatida o’z aksini topmoqda. Respublikamiz Sharq va qarbdagi barcha tinchliksevar davlatlar bilan ularning ijtimoiy tuzumi, dinga munosabatidan qat’iy nazar, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy aloqalarni keng yo’lga qo’ymoqda. Ijtimoiy hayotda diniy tashkilotlar faolligining ortib borishini demokratiya jarayonida ular o’rnining mustahkamlanishi deb qarash mumkin. Diniy tashkilotlarga xos ijtimoiy aktivlikning ortayotganligini e’tiborga olib, uni ikki yo’nalishda – ijtimoiy hayotda va dunyoqarashda shaxsning faolligini oshirish kerak. Diniy tashkilotlarning ijtimoiy yo’nalishlarda haqiqiy voqelikka oshkora va ijobiy yondashishlari kengayib borayotganligi odat tusiga kirib bormoqda. Bunga respublikamiz hayotiga hozirgi kunda diniy tashkilotlarning xolisona munosabatlari, berayotgan ijobiy baholari jonli guvoh bo’la oladi. Bunda ayrim diniy tashkilotlarning ijtimoiy faoliyatlari ahamiyatga molikdir. Shuning uchun hozirgi
davrda ularga nisbatan bo’lgan munosabatlarda umuminsoniylik, demokratik xolislik
tamoyillari tiklanmoqda. Dinga e’tiqod qiluvchilarga ma’muriy – buyruqbozlik taziyqi o’tkazishdan voz kechilmoqda. Lekin din va fandagi muammolarini qaytadan ko’rib chiqish, turg’unlik davridagi eskicha qarashlardan voz kechish va ilgari «jangovar ateizm» yo’l qo’ygan qo’pol xatolarni tuzatish zaruriyati yuzaga keldi desak xato qilmagan bo’lamiz.
Zero, I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va taraqqiyot siyosatining strategik maqsadi – huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Va shu asosda O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga erishish»dan iboratdir.
Xulosa qilib aytganda, dinlar va diniy e’tiqodlar insoniyat tarixida juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan va bu hodisa hozirgi zamon uchun ham xarakterlidir.
ADABIYOTLAR.
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. «O’zbekiston» 1992y.
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sayoasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. «O’zbekiston», 1997y.
3. Karimov I.A. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman».
«fidokor» 8-iyun 2000y.
4. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. T. «O’zbekiston», 1999y.
5. Karimov I.A. «hushyorlikka da’vat» T., O’zbekiston, 1999y.
6. Karimov I.A. «o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz» T.,
O’zbekiston, 1999 yil.
7. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent. «O’zbekiston» 1999
8. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent. «O’zbekiston» 1999 y.
9. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. «O’zbekiston» 1998 y. 428-469,
10. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. «Sharq», 1998y.
11. Karimov I.A. Iroda va iymon – e’tiqodimiz sinovi. T. «O’zbekiston», 1999y.
12. Karimov I.A. «Milliy mafkura kelajak poydevori» «O’zbekiston», 2000y.
13. Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima. T. 1992y.
14. Istoriya religii Vostoka. M. 1997g.
15. Injil (o’zbekcha), Stokgolm. 1992 y.
16. Hadis (sharif), I, II, III, IV kitoblari. Toshkent.1989-92 y
17. Xo’jamuratov I.R. Islom, milliylik, qadriyat. Toshkent. 1993 y.
18. Axmad Yassaviy. Devoni hikmat. T. 1992 y.
19. Komilov N. Tasavvuf. 1 chi kitob. T.1996y.
20. Imom Ismoil Buxoriy Al-adab Al-Mufrad T.1990y.
Dinshunoslik kitobi
Dastur jamoa miz quyidagi a’zolarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasi o’laroq vujudga keldi.
Qurbonov Odiljon – dasturni ishlab chiqish, umumiy boshqaruv uchun mas’ul;
Qurbonov Dilshodjon – matnlar bilan ishlash, dasturning testlar bo’limi tayyorlash, dizayn uchun mas’ul;
Sultonov Orifjon – dasturning yordam bo’limini tuzish, dizayn va matnlar bilan ishlash uchun mas’ul;
Obidov U lug’bek dastur dizaynini yaratish uchun mas’ul.
“Dinshunoslik elektron kitobi” dasturi talabalarga zamonoviy texnologiyalar yordamida o’qitishning ilgor usullaridan foydalangan holda ta’lim berish maqsadida yaratilti. Shu bilan birga usbu dastur electron kitoblarga qo’yiladigan talablarga to’liq javob beradi deb umid qilamiz.
Dasturning o’ziga hos taraflari:
- Dasturdan uch hil ko’rinishda foydalanish mumkin:
- Dinshunoslik fanini mustaqil o’rganish;
- O’quv yurti ichki komputer tarmog’i (INTRAnet) ga o’rnatgan holda kompyuter sinif honalarida guruh bo’lib o’rganish.
- Internet tarmog’iga chiqarilgan holda o’quv yurti taklif etadigan masofaviy ta’lim kursi sifatida o’qitish.
- Dasturda Matnlar, Media ma’lumotlar, Testlar, Boshqaruv va Yordam bo’limlari mavjud
- Asosiy matnbo’limida elektron kitob matnida mavjud so’zlarni izlab topish imkoniyati yaratilgan. Har bir mavzuga taalluqli media ma’lumotlar sahifasini ochish uzhun linklar berilgan. Diniy istilohlar izohi giperfaol tarzda tuzilgan bo’lib atama izohlarini qulaylik bilan ko’rish mumkin. Bir mazvudan boshqasiga tez o’tish imkoniyati mavjud.
- Media ma’lumotlar bo’limi dinshunoslik darsi mavzulari bo’yicha video malumotlar, turli rasmlar to’plamini o’zida jamlagan.
- Testlar mavzular bo’yicha tuzilgan. Har bir savol uchun to’rtta javob variantlari, ayrim savollarda ‘To’g’ri’ yoki ‘Noto’g’ri’ variantlari berilgan. Javoblardan faqat bittasini tanlash mumkin va har bir savolga faqat bir marotaba javob berish mumkin. Test topshirayotgan har bir talaba uchun javob variantlarining ketma-ketligi turlicha bo’ladi. Har bir mavzudan test topshirish ucun talabaga faqat bir marotaba imkoniyat beriladi. Ikkinchi imkoniyatni berish o’qituvchi tarafidan Boshqaruv bo’lomi orqali amalga oshiriladi.
- Boshqaruv bo’limi o’qitivchlar uchun mo’ljallangan bo’lib, parol yordamida kiriladi. Bu bo’limda o’qituvchi talabalar topshirgan reyting baholari bilan tanishish va testdan qoniqarsiz baho olgan talabalarga qo’shimch imkoniyat berishni boshqarishi mumkin. Ushbu bo’limning ‘Reyting ballari bo’yicha hisobotlar’ qismi har bir kurs va yo’nalish talabalari reytinglarini alohida shaklda nashr etishdan tashqari, eng yuqori bal olgan va reytinglarini qoniqarsiz bahoga topshirgan talabalar ro’yhati bilan ham tanishish imkoniyatini beradi.
- Yordam bo’limida dasturda qo’llanilgan funksional tugmalarning vazifalari, dastur sahifalaridan foyladanish masalalari atroflicha yoritilgan. Electron kitobning har bir sahifasida dasturning o’sha qismiga oid yordam bilan tanishish uchun linklar joylashtirilgan.
- Dasturdan foydalanadigan har bir talaba uchun ma’lumotlar bazasi ochiladi va unda talabaning ismi-sharifi, kursi va yo’nalishi yozib qo’yiladi. Bundan tashqari, ma’lumotlar bazasida talaba tarafidan topshirilgan testlarning mavzulari, olgan reyting baholari, test topshirilgan sana ham qayd etib boriladi. Har bir talaba darsni o’zlashtirishi haqidagi bu ma’lumotlar bilan ‘Mundarija’ sahifasidan tanishib boradi.
- Dinshunoslik darsining har bir mavzusi uchun ‘Mundarija’ sahifasida mavzu bo’yicha asosiy savollar, adabiyotlar va tayanch so’zlar ro’yhati berilgan.
Qo’shimcha ma’lumotlar
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti uchun tayyorlangan ushbu kitob bilan tanishib chiqish yoki foydalanish uchun mazkur Institutning mas’ul hodimlariga murojat qiling.
Matn mualliflari: A.Q. Mo�minov O�rta Osiyoda islom, zardushtiylik, manixeizm, manbalar va adabiyotlar ro�yxati, H.H. Yo�ldoshxo�jaev – kirish, yahudiylik, xristianlik, noan�anaviy diniy tizimlar, D.O. Rahimjonov – buddizm, Uzoq Sharq dinlari, hadis, diniy istilohlar izohi, M.M. Komilov – fiqh, islom ilohiyoti, islom va hozirgi zamon, mustaqil O�zbeistonda diniy hayot, A.A. Abdusattorov – islom, islomdagi g�oyaviy oqimlar va A.A. Oripov – qadimgi dinlar, Hindiston dinlari, tasavvuf bo�limlarini tuzganlar.
Dinshunoslik kitobi
–>
Adabiyot [561] |
Arxitektura [40] |
Astranomiya [38] |
Axborot [71] |
Biologiya [387] |
Biznes [47] |
Bojxona [42] |
Davlat Huquq Asoslari [4] |
Dunyo din tarixi [32] |
Ekologiya [109] |
Estetika va Etika [30] |
Falsafa [48] |
Fizika [254] |
Fransuz-Tili [22] |
Geografiya [141] |
Geometriya [6] |
Huquqshunoslik [281] |
Informatika [643] |
Texnologiya [274] |
Internet [43] |
Ingliz tili [680] |
Iqtisodiyot [1133] |
Jahon tarixi [276] |
Jamiyatshunoslik [24] |
Kimyo [82] |
Kasbiy Ta’lim [11] |
Konsitutsiya [60] |
Ma’naviyat [48] |
Matematika [89] |
Milliy G’oya [128] |
Musiqa [2] |
Nemis-tili [30] |
Ona-tili [50] |
Oshpazlik [39] |
O’zbekiston tarixi [197] |
Pedagogika [104] |
Prezident Asarlari [17] |
Psixologiya [149] |
Rus-tili [44] |
Qishloq xo’jaligi [92] |
Siyosatshunoslik [25] |
Soliq va Soliqga tortish [18] |
Tilshunoslik [9] |
Tibbiyot [64] |
Turizm [172] |
va Boshqalar. [332] |
Sport [7] |
Sxemotexnika [13] |
–>
Dinshunoslik
Yukladi: routerboy Fan: Dunyo din tarixi
Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!
Qaytish Yuklandi: 4991
Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.
Qiziqarli malumotlar
Dinshunoslik kitobi