DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI BELGILANDI haqida to’liq ma’lumot oling

DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI BELGILANDI haqida to’liq ma’lumot oling

DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI BELGILANDI

✅ O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o’rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2022-2023 o’quv yili uchun abiturientlarning hujjatlar offlayn shaklda ta’lim muassasasi qabul hay’ati tomonidan qabul qilinadi.

🏫 O’rta maxsus islom ta’lim muassasalarida: 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Talab qilinadigan hujjatlar:
– ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko’rsatiladi);
– ma’lumoti to’g’risida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo’lishi kerak);
– chet tili bilishi to’g’risidagi sertifikat (ma’lumoti to’g’risidagi hujjatda ko’rsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til bo’yicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

📚 Oliy diniy ta’lim muassasalarida:

🔸Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi bo’yicha: 2022 yil 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

🔸Hadis ilmi maktabida: 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Talab qilinadigan hujjatlar:
– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko’rsatiladi);
– o’rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to’g’risidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so’nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo’lishi talab etiladi);
– “YAgona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-o’rinni egallagan ishtirokchilar uchun).

O’zbekiston musulmonlari idorasi
Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo’limi

Malumotlar
DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI BELGILANDI