Diniy adabiyotlar
1. Demak, izdoshlari soni bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turadigan Xristianlik (yunoncha christos – «muqaddas yog` surtilgan», «xaloskor») milodning I asrida Falastinda yuzaga kelgan. Xristianlik ta`limotining paydo bo`lishi Iso Masih shaxsi bilan bog`liq. Iso shaxsi haqidagi munozaralar fanda mifologik va tarixiy maktablarning paydo bo`lishiga olib kelgan. Mifologik maktab vakillari Isoni to`qima obraz sifatida bilishsa, tarixiy maktab tarafdorlari uning real shaxs bo`lganiga ishonch bildirishadi.
Dunyo dinlari tarixi — nazariya nima deydi? (foto)
Ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda 10 mingdan ortiq din mavjud. Salkam 8 milliardni tashkil etuvchi jahon aholisining etnik tarkibiga nazar solsak, ikki mingga yaqin millat va elatdan iborat ekaniga guvoh bo`lamiz. Qiziq millatlar sonidan ham ko`p bo`lgan dinlar qanday yuzaga kelgan. Bu borada nazariyada qanday faktlar va tarixiy ma`lumotlar bor. Ushbu maqolada shu xususda olib borgan izlanishlarimizni jamladik.
Fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarashga ko`ra dinning paydo bo`lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog`liq. “Teologik yondashuv” ya`ni birinchi qarashga ko`ra, Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O`zini tanitgan, natijada inson ilk dinga e`tiqod qila boshlagan. Bugun mavjud bo`lgan har qanday din o`zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog`lashini ko`rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Eva, zardushtiylikda – Govmard va boshqalar. Mazkur ta`limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan.
Teologik yondashuvga ko`ra, turli buyumlarga sig`inish va ko`pxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan. (1-rasm)
1. Fetishizmga e’tiqod qiluvchilarning ma’budlari
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo`lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Evropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari – din tanqidchilarining paydo bo`lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bo`ldi. Qator olimlarning fikriga ko`ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emosiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko`pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyusion jarayonni bosib o`tgan deb hisoblashadi.
Materialistik qarash qo`rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o`ynagan hissiy holat ekanini ilgari suradi. Jumladan, ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820–1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo`rquv natijasida “ajdodlarga sig`inish” sabab bo`lganligini ta`kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob–kitoblarga suyangan holda, hayot qo`rquvining dinlardagi o`rniga alohida degan nazariyani ilgari surgan.
Raqamlarga murojaat qilsak, bugun eng ko`p tarafdorlarga ega dinlar 5 ta bo`lib, ular Islom, Xristianlik, Yahudiylik, Buddaviylik, Hinduizm sanaladi. Diniy e`tiqod mavzusi shaxsiy va erkin tanlovga asoslangan huquq bo`lishiga qaramay, bu borada turli-tuman statistikalar e`lon qilib boriladi. O`tgan 2021 yilgi raqamlarga ko`ra, xristianlik eng ko`p tarqalgan din bo`lib, unga dunyo bo`yicha 2,38 milliard kishi e`tiqod qiladi. Islom diniga e`tiqod qiluvchilar soni esa bugungi kunda 1,91 milliardni tashkil etmoqda. Hinduiylikka sig`inuvchilar soni esa 1,16 milliardga teng. Bu din tarqalish darajasi bo`yicha jahonda uchinchi o`rinda. Buddizmga esa esa 507 million kishi e`tiqod qiladi. Navbatdagi eng keng yoyilgan din yahudiylik bo`lib, unga e`tiqod qiluvchilar soni 14,6 million kishini tashkil etadi. Keling, endi eng ommalashgan ushbu besh dinning paydo bo`lish tarixiga nazar solsak.
1. Demak, izdoshlari soni bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turadigan Xristianlik (yunoncha christos – «muqaddas yog` surtilgan», «xaloskor») milodning I asrida Falastinda yuzaga kelgan. Xristianlik ta`limotining paydo bo`lishi Iso Masih shaxsi bilan bog`liq. Iso shaxsi haqidagi munozaralar fanda mifologik va tarixiy maktablarning paydo bo`lishiga olib kelgan. Mifologik maktab vakillari Isoni to`qima obraz sifatida bilishsa, tarixiy maktab tarafdorlari uning real shaxs bo`lganiga ishonch bildirishadi.
311 yilda xristianlik din sifatida rasmiy ravishda tan olindi. Shu asrning oxirida, imperator Konstantin davrida xristianlik davlat muhofazasini ado etuvchi va unga rahnamolik qiluvchi davlat diniga aylandi.
Xristianlikning muqaddas manbasi “Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd” deb nomlanuvchi ikki bo`limdan tarkib topgan “Bibliya” (yunoncha – “kitoblar”) kitobi hisoblanadi. (2-rasm)
2. “Bibliya” kitobi
1054 yilda xristianlik dini doirasida ilk yirik bo`linish ro`y berib, natijada pravoslav (Sharqiy xristianlik) va katolik (G`arbiy xristianlik) cherkovlari yuzaga keldi.
Pravoslavlik tarixan xristianlikning sharqiy yo`nalishi sifatida shakllandi. Nomlanishi yunoncha “orthodoxia” – “to`g`ri e`tiqod” tushunchasining rus tiliga tarjimasidan – Pravoslavlik so`zidan kelib chiqqan.
Katoliklik xristianlik dinining eng yirik yo`nalishi hisoblanadi. “Katolik” so`zi butun jahon, butun dunyo (umumiy, dunyoviy) degan ma`noga ega.
2. Islom dini eng keng tarqalgan navbatdagi din bo`lib, bu so`zning arab tilidagi lug`aviy ma`nosi – taslim bo`lish, bo`ysunish ma`nolarini beradi. Islom dini ta`limoti bo`yicha Muhammad payg`ambar (a.s.) avvalgi payg`ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, Qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg`ambar (Xotam al–anbiyo) – nabiy va rasul deb tan olinadi.
Islom dini VIIasrda Hijoz (G`arbiy Arabiston)da paydo bo`lgan. Islom dinining paydo bo`lishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy an`anada u ilohiy hodisa, insonlarni to`g`ri yo`lga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi ta`limot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar e`tiqod qilgan Xudoga ishonganlar.
3. Qur`oni karim — Islom dinining muqaddas kitobi
Qur`oni karim Islom dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Mazkur kitobning bir necha nomlari bo`lib, ulardan “Qur`on” (arabcha – o`qish), “Furqon” (farqlovchi), “al–Kitob” nomlari mashhur. Qur`on 114 ta sura, 6236 oyatdan iborat. Sura Qur`ondan bir bo`lak bo`lib, eng kami uchta, eng ko`pi 286 oyatni o`z ichiga oladi. (3-rasm)
Qur`ondagi suralar o`z mazmuniga yoki nozil bo`lgan vaqtiga, ya`ni xronologik tartibiga qarab emas, balki Muhammad (s.a.v.) belgilab bergan tartib asosida payg`ambar vafotidan keyin jamlab yozilgan.
3. Yahudiylik dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri bo`lib, taxminan miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikda Misrda paydo bo`lgan. Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va payg`ambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik o`zaro birlashib ketgan bo`lib, ularni bir–biridan alohida tushunish mumkin emas. Yahudiylik dini vakillari tarixiy va adabiy – badiiy manbalarda “yahudiy”, “ibroniy” va “isroil o`g`illari” kabi nomlar bilan tilga olinadi.
4. “Tavrot” — Yahudiylikning muqaddas kitobi
“Tanah” va “Talmud” Yahudiylikning muqaddas kitoblari hisoblanadi. “Tanah” kitobi “Tora” (“Tavrot”), “Naviim” (“Payg`ambarlar”) va “Ketuvim” (“Kitoblar”) kabi uch bo`limdan tashkil topgan. “Tanah” nomi esa, ana shu uch bo`limning ibroniycha bosh harflarining qo`shilishidan hosil bo`lgan. (4-rasm)
4. Hinduiylik atamasi “Hind daryosi atrofida yashovchi” ma`nosini bildiruvchi fors so`zidan kelib chiqqan bo`lib, g`arb olimlari mintaqa xalqining dinini ifodalash uchun uni ishlatganlar. Hindlar esa o`z dinlarini “Sanatana Dxarma” – azaliy–abadiy din, deya nomlaydilar. Mazkur din, asosan Hindistonda tarqalgan bo`lib, mamlakat aholisining 83 foizi unga e`tiqod qiladi.
5. Hinduizm dinining ilohlari haykali
Hinduiylikda totemistik unsurlar yorqin namoyon bo`lib, bu, asosan, sigir, maymun, ilon kabi xayvonlarning ilohiylashtirilishida namoyon bo`ladi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy va ramziy sohalardagi juda ham murakkab tizimi unga e`tiqod qiluvchilarning turlicha talqinida yana ham murakkablashib ketadi. (5-rasm)
5. Diniy–falsafiy ta`limot sifatida vujudga kelgan Buddaviylik bugungi kunda e`tiqod qiluvchilar soniga ko`ra, xristianlik, islom dinidan keyingi o`rinda turadigan jahon dinlaridan biri hisoblanadi.
Buddaviylik miloddan avvalgi VI–V asrlarda Shimoliy Hindistonda vujudga kelgan. Bu davrga kelib ko`p xudolikka asoslangan vedachilik, braxmanlik, jaynizm yangi ijtimoiy sharoitga javob bera olmay qolgan edi.
Buddaviylikning asoschisi Siddhartha (sanskritcha “ezguliklar keltiruvchi”) Gautama Shak`yamuni (mil. av. 567–488 y.) real tarixiy shaxs bo`lib, Hindiston va Nepal chegarasidagi Kapilavasta viloyatining Shak`ya qabilasi hukmdori oilasida tug`ilgan. Manbalarda uning ot minish, ov qilish, yugurish, kurash, she`r o`qish, husnixat va boshqa sohalarda mahoratli bo`lgani, bilimlarni oson o`zlashtirgani uchun donishmandlar unga saboq berishga ojiz qolganlari qayd etiladi. (6-rasm)
6. Budda haykali. Yaponiya
Umuminsoniy g`oyalarning targ`ib etilishi hamda har bir millatning Budda ta`limotini o`z tilida o`qib–o`rganishi mumkinligi buddaviylikning turli hududlarga tarqalishiga zamin yaratgan. Milodning birinchi asrlarida buddaviylik butunlay boshqacha tus oladi. Budda ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko`tariladi va unga sig`iniladi. Buddaviy donishmandlar fikricha, har bir inson juda ko`p ezgu va yaxshi ishlar qilish orqali Buddaga aylanishi mumkin.
Buddaviylik qoidalari va axloqiy tamoyillarini o`zida mujassam etgan kitob “Tipitaka” ushbu dinning muqaddas manbasi sanaladi. Hozirda “Tipitaka”ning ilk qo`lyozma nusxasi Shri Lanka (Seylon)da saqlanadi.
Yuqorida dunyo xalqlari orasida eng keng tarqalgan besh dinning kelib chiqish tarixiga oid bo`lgan nazariy ma`lumotlarni jamladik. Ta`kidlash lozimki, ushbu dinlarning tub mohiyatida ezgulik va insoniylik g`oyalari ulug`lanadi. Shunday ekan, dinimiz, millatimiz va irqimizdan qat`iy nazar ezgu qadriyatlarni, insoniylikni unutmaylik.
Risolat MAXSIMOVA tayyorladi
Diniy adabiyotlar
Qadimdanoq diniy adabiyotlar qimmatli bilim manbayi bo‘lib kelgan. Muqaddas bitiklar badiiy romanlar va hikoyalardan ancha oldin yuzaga kelgan. Bugungi kunda ham diniy yo‘nalishdagi kitoblar ruhiy va axloqiy kamolot manbayi hisoblanadi. Ular turmushdagi qiyinchiliklarni yengishda madad beradi. Ruhoniylar og‘ir hayotiy vaziyatlarda muqaddas bitiklarga murojaat etishni maslahat berishlari bejiz emas. Ulardan donishmandlik va xotirjamlik topish mumkin. Dinga oid har qanday kitob dunyoga yangicha nigoh tashlashga yordam beradi.
O‘zbekistondagi e’tiqodlar haqida qisqacha
Aksariyat davlatlarning dunyoviy yo‘nalishda ekaniga va texnologik taraqqiyotga qaramasdan, mamlakat hayotida din muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Aholining katta qismi islomga e’tiqod qiladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat ahlining 89 foizi musulmonlardir. Har bir iymonli kishi Qur’on xarid qilishdan iftixor tuyadi. Ushbu islomiy kitob ko‘pincha ajdodlardan avlodlarga qoldiriladi. Ammo O‘zbekistonda boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham yashaydi. Mamlakat aholisining taxminan 4 foizi pravoslav mazhabidagi nasroniylar hisoblanadi. Bular asosan immigrantlar – ruslar, ukrainlar, beloruslardir. Yana 3 foizi esa lyuteranlar, baptistlar, yettinchi kun adventistlari, katoliklar va boshqalardir. Aholining juda kam qismi yahudiylik va buddizmga e’tiqod qiladi.
O‘zbekiston bozorida turli dinlar va mazhablar haqida turfa kitoblar taqdim etilgan. Biroq hamisha ham shunday bo‘lmagan: sho‘rolar tuzumida e’tiqod ta’qib ostida bo‘lgan. Ko‘plab muqaddas qadamjolar buzilgan edi. Pravoslav va islom adabiyoti kamyob edi, chunki ko‘pincha badiiy asarlar chop etilardi. Bu borada vaziyat 1950-yillardan keyin o‘zgara boshlagan. Ibodatgohlar qurilgan va ta’mirlangan, yangi diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan, pravoslav hamda islomiy kitoblar nashr etilgan va hokazo.
Butun dunyodan kelgan diniy adabiyotlar Asaxiy internet-do‘konida
Asaxiy katalogida taqdim etilgan dinga oid kitoblarni bir nechta toifaga bo‘lish mumkin:
- Islomiy adabiyot – bosh muqaddas matn Qur’oni karim hisoblanadi. U musulmonlar aqidasi va huquqining asosiy g‘oyalarini o‘z ichiga olgan. Islomning asosiy kitobi 114 ta suradan iborat. Ulardan ayrimlari yirik, ba’zilari esa atigi bir nechta oyatdan tashkil topgan. Islomdagi ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi adabiyot – Hadislar hisoblanadi. Unda payg‘ambar Muhammad (S.A.V) haqidagi naqllar aks etgan. Islomiy bitiklarning asosiy tili – arabcha. Biroq boshqa tillardagi islomiy adabiyotlarni ham topish mumkin.
- Nasroniy adabiyoti – O‘zbekistonda uning bir nechta konfessiyalari rasman ro‘yxatdan o‘tgan: pravoslav, katolik, lyuteranlik va boshqalar. Mazkur e’tiqodning bosh bilim manbayi – Bibliya. Mazkur to‘plam Qadimiy Ahd hamda Yangi Ahd qismlaridan tashkil topgan.
- Buddizm adabiyoti – O‘zbekistonda mazkur dinning bittagina tashkiloti ro‘yxatdan o‘tgan. Uning asosiy muqaddas bitigi esa Tripitaka hisoblanadi.
- Iudaizm adabiyoti – mazkur e’tiqod egalari uchun bosh diniy adabiyot Tanah hisoblanadi. Mazkur bitikni yahudiylar Bibliyasi deb ham atashadi. U uchta bo‘limdan iborat – Tavrot, Neviim va Ktuvim. Mazmuniga ko‘ra ko‘p jihatdan nasroniylarning Qadimiy Ahd kitoblari bilan bir xil.
Din haqidagi kitoblarning boshqa tasniflari
Umuman olganda, dinlarga oid adabiyotlarni klassik hamda bolalar kitoblariga ajratish mumkin. Masalan, pravoslavlik bilan tanishuv bolalar Bibliyasidan boshlanadi. Unda syujetlar maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan. Bu kabi nashrlarning asosiy o‘ziga xosligi – chiroyli rasm-bezaklardir. Qur’onni esa tahrirlash mumkin emas, tarjimalari odatda izohlar bilan beriladi. Islomiy adabiyotlar dunyoning ko‘plab tillarida tarqalmoqda:
- arab tilida;
- o‘zbek tilida;
- ingliz tilida;
- rus tilida;
- tojik tilida;
- turk tilida;
- fransuz tilida;
- ispan tilida.
Shu tariqa, siz islomiy adabiyotlarni o‘zingiz egallagan har qanday tilda o‘qiy olasiz. Nashrlar yordamida esa nafaqat aqidani yanada chuqur o‘rganishingiz, balki xorijiy tilni ham yaxshiroq o‘zlashtira boshlashingiz mumkin.
Kitobning formati
Nashrlar faqat mazmuniga ko‘ragina farqlanmaydi. Kitoblar har xil formatda bo‘lishi mumkin. Bu jihatiga ko‘ra kitoblar ikki toifaga ajratiladi:
- Yumshoq muqovali – uning asosiy afzalliklari narxi pastroq hamda vazni yengilroq ekanidir. Bunday nashrlarni yoningizda olib safarga chiqish, ularni samolyotda, poyezdda, avtobusda o‘qish qulay. Ular ko‘pincha ixcham o‘lchamda bo‘ladi, shuning evaziga qo‘l yuklari orasida ko‘p joy olmaydi.
- Qattiq muqovali – bunday jild nashrning xizmat muddatini uzaytiradi. Shuningdek, u chiroyli yasatilgan bo‘lishi mumkin; bu esa Qur’on yoki Bibliyani kutubxonangizning haqiqiy bezagiga aylantiradi. Lekin bunday format qimmatroqqa tushadi.
Asaxiy do‘konidan siz istalgan yo‘nalishdagi diniy adabiyot namunalarini topa olasiz. To‘lovning turli usullari mavjud – naqd pulda, naqd pulsiz, onlayn usulda, bank kartasi orqali. Mamlakat bo‘ylab yetkazib berish bir necha kun ichida amalga oshiriladi. Toshkentda esa tovarni buyurtma kunining o‘zidayoq qo‘lga olishingiz ham mumkin.
Diniy kitoblar nomi
«Эй фарзанд!» (юмшоқ муқова)РИСОЛА ҲАҚИДА«Айюҳал валад» Ислом оламида машҳур рисола бўлиб, айниқса т..
Саватчага қўшиш
«Ҳадис ва Ҳаёт» 18-жуз. Тиб ва дам китоби
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг қаламларига мансуб«Ҳадис ва Ҳаёт» туркуми..
Саватчага қўшиш
«Ҳадис ва Ҳаёт» 10-жуз. Ҳаж китоби
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг қаламларига мансуб«Ҳадис ва Ҳаёт» туркуми..
Саватчага қўшиш
«Muslimalar namoz kitobi» (lotin, A4)
«Muslimalar namoz kitobi»Qoʻlingizdagi ushbu kitob ayollarning namoz oʻqishlari, ularga xos holatla..
Саватчага қўшиш
«Муслималар намоз китоби» (кирилл, A4)
«Муслималар намоз китоби»Қўлингиздаги ушбу китоб аёлларнинг намоз ўқишлари, уларга хос ҳолатлар баё..
Саватчага қўшиш
«Авродул Боҳилийя»
«Авродул Боҳилийя»Баҳоуддин Нақшбандий қаламига мансуб Авроди Боҳилия китобида Аллоҳ таолонинг гўзал..
Саватчага қўшиш
«Ҳилол» журналининг 8 (41)-сони
«Ҳилол» диний-маърифий, ижтимоий-адабий журналининг 8 (41)-сониҒоя муаллифи: Шайх Муҳаммад Соди..
Саватчага қўшиш
«Ал камил» – Араб тили дарслиги (A1)
«Ал камил» А1(Араб тили дарслиги)Китоб араб тилида ёзилган бўлиб, асосан ўқув муассасалари ўқувчилар..
Саватчага қўшиш
«Қуръони Карим оятлари мазмун-маъносининг ўзбекча изоҳли таржимаси»
«Қуръони Карим оятлари мазмун-маъносининг ўзбекча изоҳли таржимаси»Таржимонлар: Азизхўжа Иноято..
Qiziqarli malumotlar
Diniy adabiyotlar