DINAMIK METEOROLOGIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DINAMIK METEOROLOGIYA haqida malumot bilib oling.

DINAMIK METEOROLOGIYA — umumiy meteorologiyaning bir boʻlimi, atmosferada sodir boʻladigan dinamik va termodinamik jarayonlarni nazariy jihatdan oʻrganish, ob-havoni oldindan aytib berishning gidrodinamik usullarini ishlab chiqish va b. b-n shugʻullanadi. Dinamik meteorologiyaning asosiy vazifasi atmosfera jarayonlarini prognozlashdan iborat (atmosferada shamol uzgarishi tenglamasi, turli toʻlqinlar harakati, bosimni hisoblash, EHM yordamida maʼlum muddatda shamol, harorat, bosimni baholash kabilar). Dinamik meteorologiyaning muhim amaliy vazifasi ob-havo elementlari (t-ra, shamol tezligi, budut, yogʻinlar va b.)ga oid maʼlumotlarni oldindan hisoblash usullarini ishlab chiqishdir. At-mosferadagi radiatsion, elektr va fizika jarayonlarini oʻrganish ham Dinamik meteorologiya vazifasiga kiradi (q. Meteorologiya). Oʻzbekistonda Dinamik meteorologiyaning asoschilari V. I. Gubin, Ye. M. Kozik va N. N. Roma-novlar hisoblanadi. Dinamik meteorologiyaning kelajakda rivojlanishi atmosfera holatini kuzatish nuqtalarini koʻpaytirish, Yerning sunʼiy yoʻldoshlaridan olinadigan maʼlumotlardan, yangi elektron texnikadan foydalanishga bogʻliq boʻlib, fizika, kimyo, kibernetika fanlari yutuqlariga ham asoslanadi.

Hamidulla Abdullayev.

Ensiklopediya.uz
DINAMIK METEOROLOGIYA