dilsoz haqida dilsoz biografiyasi

dilsoz haqida dilsoz biografiyasi

Dilso’z tahallusi bilan estradamizga kirib kelgan yangi yulduzimiz Go’zal Jumaniyozova 1989-yil Navoiy shahrida tavallud topdi. U Navoiy shahridagi 11-maktabni tamomladi. Maktabda o’qish bilan birga tadbirlarda qo’shiq ham kuylab turardi. Maktab davrida eng sevgan qo’shig’i bu Jasur Mirsagatovning «O xayot» qo’shig’i edi. Shu qo’shiqni juda mahorat bilan ijro etardi. Dilso’z maktabni tamomlagandan so’ng, Navoiydagi «Madaniyat va san’at kolleji»ning xor direjyorlik bo’limini tamomlaydi. Shundan so’ng, xonanda Navoiy Pedagogika institutining «Pedagogika fakulteti»ning musiqiy ta’lim bo’limida taxsil oldi. Shu bilan birga tinib-tinchimas Dilso’z qo’shiq kuylashni ham davom ettirmoqda. TV va radioto’lqinlari orqali xonandaning yangidan-yangi taronalari berib boriladi. Uning qo’shiqlari muhlislarga juda ham ma’qul bo’lib «Jonim ozori» va «Sevikli yorim» qo’shiqlari xit darajaga yetdi. Ijodini New Star Media prodyusserlik markazi orqali ommaga taqdim etishni boshlagan ijodkor hozirda mustaqil tarzda ijodini davom ettirmoqda.
Dilso’z 2015-yilning 15-aprel sanasida Mango guruhi solisti Farrux Raimov bilan turmush quradi. Hozirda ularning ikki qiz va bir o’g’il farzandlari bor.

Yulduzlar
dilsoz