Dilshod Rajab (1964)
Dilshod Rajab (1964)
DO`STLARGA ULASHING:
Dilshod Rajab Oʻzbekiston Davlat matbuot qoʻmitasida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamgʻarmasi” nashriyotida, Respublika “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasida turli lavozimlarda ishladi (1994–2004). 2005 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Muhofaza+” jurnali, “Vaziyat” gazetasi birlashgan tahririyatida bosh muharrir sifatida faoliyat yuritadi.
Ilk sheʼri “Gulxan” jurnalida 1978 yilda bosildi, “Qorqiz sovgʻa keltirdi” nomli ilk kitobi esa hammualliflikda 1989 yilda nashr etildi. Shundan soʻng, shoirning “Otamning bogʻi” (1996), “Daryo koʻngil” (1997), “Jilvon oʻgʻloni”, “Alifbo” (2001), “Tanish tovushlar” (2006), “Sukut sarhadi” (2006), “Oʻn oʻrtoq”, “Hamro polvon” (2011), “Poyezdning bolasi” (2013), “Baxshi bola – yaxshi bola” (2016) kabi bolalarga bagʻishlangan kitoblari dunyoga keldi.
Dilshod Rajab, shuningdek, davriy matbuotda oʻzining ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik maqolalari bilan ham muntazam qatnashib keladi. U ayni paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar va oʻsmirlar adabiyoti kengashi aʼzosi sifatida ham faoliyat koʻrsatadi.
Dilshod Rajab Jurnalistika sohasida VI “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov sovrindori (2011 yil).
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Dilshod Rajab (1964)