Dilmurod Sultonov — Farzand dog’i

Dilmurod Sultonov — Farzand dog’i
dilmurod sultonov farzand dogi 65ca83eff0177

1587394963 1587394893

Dilmurod Sultonov — Farzand dog’i

DO`STLARGA ULASHING:

Dilmurod Sultonov — Farzand dog’i 

Ko`z oldimdan ketmayapsan, oyim qizim,
O`n bir yoshga to`lolmagan qaro ko`zim.
Eshigi yo`q, tuynugi yo`q zulmatlarda
Yotarmisan endi yolg`iz, jonim qo`zim?

O`nta bo`lsa, o`rning boshqa edi sening,
Ko`rar ko`zim, jigarbandim eding mening.
Bu kun bizning oramizdan ketib qolding,
Ochilmasdan o`n gulingdan bitta guling.

Ko`z yoshlarim sel bo`ldi sen ketar chog`i,
O`limdan ham og`ir ekan farzand dog`i, farzand dog`i.

Sen yasharsan mangu xayol-hushlarimda,
Ovunarman, ko`rsam agar tushlarimda.
Tinmay qildim Ollohimga nolalarim,
Yig`layverib, kuch qolmadi kuchlarimda.

O`n bir yilda o`n sakkiz kun bemor bo`lding,
Ojiz qolding, xastalikni yengolmading.
Joning uchun yuborilgan farishtaga
Nahot, menga kerakliging aytolmading?

Ko`z yoshlarim sel bo`ldi sen ketar chog`i,
O`limdan ham og`ir ekan farzand dog`i, farzand dog`i.

Qaniydi, men to`ylaringni ko`rsam edi,
Bo`ying yetsa, bo`ylaringni ko`rsam edi.
Qavat-qavat armonlari bor otangning,
Nabiram deb farzandingni suysam edi.

Ko`z yoshlarim sel bo`ldi sen ketar chog`i,
O`limdan ham yomon ekan farzand dog`i, farzand dog`i.

Farzand dog`i, farzand dog`i…

Dilmurod Sultonov — Farzand dog’i