DIKTOFON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DIKTOFON haqida malumot bilib oling.

DIKTOFON (lot. dicto — aytib turaman va… fon) — tovushni lenta va plastinkaga avtomatik tarzda yozib oladigan va qayta eshittiradigan apparat. Tuzilishi magnitofonga oʻxshaydi. Unda tovushni bir tezlikda yozib olib, qayta eshittirishda tezlikni mashinkada yozib ulgura oladigan darajada kamaytirish mumkin. Diktofonning ixcham (portativ) xili batareya va oʻzgaruvchan tok bilan ishlaydi, choʻntakda olib yursa boʻladi. Diktofon xizmatga oid xatlarni, majlislarda notiqlarning nutqini, maʼruzalarni yozib olish va b. maqsadlarda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
DIKTOFON