DIFFERENSIAL PSIXOLOGIYA haqida to’liq ma’lumot oling

DIFFERENSIAL PSIXOLOGIYA haqida to’liq ma’lumot oling

DIFFERENSIAL PSIXOLOGIYApsixologiya fanining odamlar oʻrtasidagi individual-psixologik tafovutlarni oʻrganuvchi sohasi. Differensial psixologiya atamasini 1900-y. nemis psixologi V. Shtern fanga kiritgan. Differensial psixologiya muayyan individlar bilan birga, turli ijtimoiy sinflarga, etnik, yosh va b. guruhlarga mansub shaxslar psixikasining namoyon boʻlishidagi tafovutlarni aniklab beradi. Differensial psixologiyada koʻpincha individning kuzatishi, test yoki oʻz-oʻzini kuzatish natijalarini taxlil etish yordamida aniklangan shaxsiy va intellektual xususiyatlari qiyosiy tadqiq qilinadi.

Differensial psixologiyaning muhim vazifalaridan biri individual-psixologik xususiyatlarning namoyon boʻlishi, diapazoni va xarakterini ochib, yoritib berishdan iborat. Individual-psixologik tafovutlarning yuzaga kelish shartlari va sabablarini tushunish uchun ularning neyrofiziologik omillarini, nerv sistemasining asosiy xususiyatlarini oʻrganish lozim.

Hoz. zamon D. p. sila rivojlangan matematik-statistik apparat, jumladan, korrelyatsiya (oʻzaro bogʻliqlik), regressiv (orqaga qaytish), diskriminant (cheklash) va omilli taxlil usullari keng qoʻllaniladi. Differensial psixologiya maʼlumotlari taʼlimtarbiya amaliyotida, psixiatrik-psixoterapevtik taʼsir etishda, individning u yoki bu kasb-hunarga yarokliligini aniklashda, kasbga yoʻ-naltirish va kasb tanlashda muhim ahamiyatga ega.

Malumotlar
DIFFERENSIAL PSIXOLOGIYA