Diatez davosi
![Diatez davosi 3 photo 2022 09 12 22 18 08](https://www.savol-javob.com/wp-content/uploads/2022/09/photo_2022-09-12_22-18-08-300x146.jpg)
Diatez davosi
DO`STLARGA ULASHING:
Diatez davosi
Diatezning nomedikomentoz davosiga
bola parvarishi,
ovqatlanish tartibini va ratsionini to‘g‘irlash,
fizioterapevtik muolajalar kiradi.
diatezli chaqaloqlar ona suti bilan boqilishi kerak, kattaroq yoshdagi bolalar esa diyetaga rioya etishlari, ta’sirlovchi mahsulotlardan cheklanishlari kerak.
Diatezda mahalliy qo‘llash uchun:
romashka (moychechak), dub ildizi bilan vannalar qilish tavsiya etiladi.
Zararlangan teri sohasiga yallig‘lanishga qarshi nogormonal mazlar qo‘llaniladi.
Umumiy ultrabinafsha nurlari bilan davolash ham yaxshi natija beradi.
Allergolog mutaxassis nazorati ostida giposensibilizatsiya muolajalari o‘tkaziladi.
Diatez bilan og’rigan
bolalar ovqatlanish ratsionidan puringa boy bo‘lgan mahsulotlarni qat’iyan cheklash zarur.
Bunday mahsulotalarga kakao, shokolad, no‘xat, jigar va yog‘li mahsulotlar kiradi.
Kompleks davo sifatida:
o‘t haydovchi preparatlar va sedativ vositalar,
B guruh vitaminlari hamda gimnastik mashqlar buyuriladi.
Ayollar homiladorlik vaqtida jinsiy a’zolar kasalliklari va toksikozlardan himoyalanishlari,
gipoallergik ovqatlanish tartibini tanlashlari kerak.
Emizikli bolalar faqatgina sut bilan oziqlanishlari,
katta yoshdagi bolalar esa allergik mahsulotlardan cheklanishlari zarur.
Bolalarni emlashda ham diatezli bolakaylar alohida grafik asosida olib boriladi.
Diatezda to‘g‘ri qo‘yilgan diagnoz va to‘g‘ri tanlangan davo choralari olib borilsa, oqibati ijobiy bo‘ladi. Ko‘p hollarda diatez pubertat davrda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Diatez davosi