DIATERMOKOAGULYATSIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DIATERMOKOAGULYATSIYA haqida malumot bilib oling.

DIATERMOKOAGULYATSIYA (dia… va yun. therme — issiklik, harorat va lot. coagulatio — ivish) , elektro koagulyatsiya — tirik organizm toʻqimalarini maxsus generatorlardan olinadigan yuqori chastotali oʻzgaruvchan tok b-n quydirish; toʻqimalarni 80° gacha qizdirib, osqillarni ivitishga asoslangan jarroxlik usuli. Qon ketishini toʻxtatishda, odatdagi usullar bilan olib tashlab boʻlmaydigan oʻsmalar (mas, teri, hiqildoq oʻsmalari), bachadon boʻynining eroziyalari, qovuq yarasi, teri leyshmaniozi, soʻgal, tish pulpasining yalligʻlanishi va b. kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Kuydiriladigan toʻqima yirik tomirlar va nervlar yonginasida boʻlsa, Diatermokoagulyatsiyani tatbiq etish yaramaydi.

Ensiklopediya.uz
DIATERMOKOAGULYATSIYA