DIASPOR haqida malumot bilib oling.
DIASPOR (yun. diaspora — tarqoq) — gidroksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi — A1OON. Birinchi marta Ural togʻlarida topilgan. Kimyoviy tarkibi 85% A12O3 va 15% N2O dan iborat. Goho tarkibida temir, marganes, xrom, galliy oksidlari ham boʻladi. Rombik singoniyali. Qattiqligi 6,8—7,3, juda moʻrt. Zichligi 3400 kg/m3. Yupqa plastinkasimon, goho qisqa toʻrtburchak, ustunsimon kristallar holida uchraydi. Rangi sargʻishqoʻngʻir, oq, koʻkimtir, shishadek yaltiroq; qizdirilganda korundga aylanadi. Diaspor boksitning asosiy minerallaridan biri. Gipergen va gipogen sharoitlarda hosil boʻladi. Diaspor granitli pegmatitlarda korund bilan birga, muskovitli va topazli gidrotermal yertomirlarda flyuorit, pirit b-n, ikkilamchi kvarsitlarda korund, kaolinit, alunit, rutil, gematit va b. bilan birga uchraydi. Oʻrta dengiz boksitli provinsiyasida maʼlum. Oʻzbekistonda Markaziy Qizilqum, Hisor, Nu-rota, Zarafshon va Turkiston tizmalaridagi boksit konlarida byomit, gidrargillit, kaolin, Chatqol, Qorjontov va Qurama tizmalaridagi alunit konlaridagi ikkilamchi kvarsitlarda seritsit, pirofillit va kvars b-n, Markaziy Qizilqumdagi najdaklarda korund, Margarit va xloritoid bilan birga uchraydi. Diaspordan alyuminiy olinadi.
Ensiklopediya.uz
DIASPOR