Diareyani qanday bartaraf etadi
Mavzu davomida
Diareya nima
Diareyada oshqozon-ichak trakti faolligi buzilishi va hazm qilish jarayoni tezlashishi oqibatida najas suyuqlashadi va ich ketib, hojatga katnash ko‘payadi.
Odatda ich ketishi virusli yoki bakterial infeksiya va oziq-ovqatdan zaharlanish natijasida kelib chiqadi. Ko‘pincha ich ketishini keltirib chaqiradigan bakteriya turlari ifloslangan suv va uzoq vaqt qolib ketgan eski oziq-ovqatlarda ko’p mikdorda bo‘lgan Escherichia coli va salmonellalardir. Bakterial infeksiya natijasida kelib chikadigan diareya, odatda ekzotik mamalakatlarga boradigan sayyoxlarda kuzatiladi, shuning uchun, uni «sayyoxlar diareyasi» deb ham atashadi. Shuningdek diareyani oddiy gerpes va gepatit viruslari ham chaqirishi kuzatilgan. Undan tashqari diareya ba’zi dori vositalar, masalan, antibiotiklar qo‘llanilganda kelib chiqishi mumkin.
Diareya sababini aniqlash maqsadida umumiy najas tahlili, shuningdek nafasdagi gijjalar tahlilini o‘tkazish maqsadga muvofikdir.
Diareyaning xaftli tomonlari
Ich ketishi nisbatan havfsiz jarayon hisoblansa ham, uning natijasida kelib chiqadigan suvsizlanish va organizmdan mikroelementlarning chiqib ketishi o‘ta xavflidir. Mutaxassislar ta’kidlashlariga qaraganda, organizmda diareya oqibatida kelib chiqadigan o‘zgarishlar ancha jiddiy hisoblanadi. Surunkali diareya ko‘pincha vitamin va minerallar yetishmovchiligiga sabab bo‘lib, ko‘pincha anemiya kasalligiga olib kelishi mumkin. Esda tutish lozim, diareya ko‘pincha ichakning infeksion kasalliklari pankreatit, surunkali gepatitlar yoki o‘t qopidagi o‘zgarishlar kabi dardlarning belgisi ham bo‘lishi mumkin.

Davolash usulari
Diareyada avvalom bor birinchi va asosiy yordam regidrasion (suv- tuz muvozanatini tiklovchi) terapiya amalga oshiriladi, chunki organizm uchun eng xavfli holat bu suvsizlanishdir. Bu holatda tuzli regidrant eritmalarini qo‘llash maqsadga muofikdir. Odatda bular natriy xlor, kaliy xlor, natriy sitrati va glyukozalarni o‘z ichiga qamrab olgan («Regidron», «Gidravit»), tayyor muvozanatlangan tuzlar eritmalaridir.
Diareyada man etiladigan ovqatlar
Diareyada dori vositalar bilan birga parxez tutish xam maksadga muvofik.
Parxez davomida kuyidagi oziq-ovqatlar man etiladi:
- – Yoglik ovkatlar;
- – Qaxva;
- – Spirtli ichimliklar;
- – Xul mevali sharbatlar (olmadan tashkari);
- – Dukkaklilar, bodring, lavlagi, rediska, turp;
- – Olxuri, uzum;
- – Sut, kaymok, yogurt, ryajenka;
- – Shirinliklar;
- – Kora non;
- – Sous, dudlangan maxsulotlar.
Diareyada tavsiya etiladi ovqatlar
- Qaynatilgan guruch
- Bananlar;
- Olmali pyure;
- Kotirilgan non;
- Bug‘da yoki qaynatib tayyorlangan kotletlar va frikadelkalar.
Tavsiyalarga rioya qilingan holatda davolash samarali o‘tadi va diareya belgilari bartaraf etiladi.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Diareyani qanday bartaraf etadi