DEZOKSIRIBONUKLEAZA haqida malumot bilib oling.
DEZOKSIRIBONUKLEAZA (Desoxyribonucleasa) — dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) ning gidrolitik parchalanishi — depolimerlanishini tezlatadigan ferment; gidrolazlar sinfiga mansub. Dezoksiribonukleaza meʼda osti bezida, tirik organizmning deyarli barcha hujayralarida va mikroorganizmlarda boʻladi. Meʼda osti bezi D. si yaxshi oʻrganilgan. Bu ferment katabolik funksiyani bajaradi (q. Katabolizm), u ovqatdagi DNK ni ichaklarda oson soʻriladigan nukleotidlarga aylantiradi. Undan tashqari, replikatsiya va reperatsiya (buzilgan DNK strukturasini tiklash) jarayonida qatnashadi. Dezoksiribonukleaza preparati qoramolning meʼda osti bezidan tayyorlanadi. Adenoviruslarishnt koʻpayishini toʻxtatadi va ekssudatning yopishkrkligini kamaytiradi. Adenoviruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar (konyunktivit, keratit, yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi), bronxoektaziya, oʻpka abssessi, pnevmoniyada buyuriladi.
Ensiklopediya.uz
DEZOKSIRIBONUKLEAZA