DEZINTEGRATOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEZINTEGRATOR haqida malumot bilib oling.

DEZINTEGRATOR (dez… va lot. integer — butun) — 1) moʻrt materiallarni maydalovchi mashina. Kojux ichiga joylashtirilgan, qaramaqarshi tomonga aylanuvchi vallarga oʻrnatilgan ikki diyekdan iborat. Material disklardagi barmoklarga urilib maydalanadi. Dezintegrator koʻmir, tuz, oqak, tuproq kabi materiallarni maydalashda ishlatiladi. Dezintegrator qorgich vazifasini ham oʻtaydi;

2) sanoat gazlarini qattiq yoki suyuq zarralardan tozalaydigan apparat. Gaz D. i rotoridan purkaladigan suv (yoki boshqa suyuklik) bilan tozalanadi.

Ensiklopediya.uz
DEZINTEGRATOR