DEZAKTIVATSIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEZAKTIVATSIYA haqida malumot bilib oling.

DEZAKTIVATSIYA (dez… va lot. activus — taʼsirchan) — radioaktiv zarralar bilan zaharlangan obyektlar (suv, oziq-ovqat, kiyim-bosh, tuproq, bino va inshootlar, texnika, qurol-yarogʻlar)ni radioaktiv iflosliklardan tozalash; ommaviy shikastlash vositalaridan himoya qilishning bir usuli. Suv maxsus filtrlash (suzish) qurilmalari b-n, texnika maxsus mashinalar va asboblar yordamida yuvuvchi kimyoviy moddalar bilan Dezaktivatsiya lanadi va h. k. D. samarasi radiometr b-n tekshirib turiladi. Atom elektr styalarida, yadro reaktorlarida falokat yuz berganda, dushman yadro quroli ishlatganda va b. favqulodda holatlarda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
DEZAKTIVATSIYA