DEYTON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEYTON haqida malumot bilib oling.

DEYTON — AQSHning shim.-sharqiy qismidagi shahar, Ogayo shtatida. Axolisi 166,1 ming kishi (2000, shahar atrofi bilan 950 ming kishi). Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega aeroporti bor. D. kassa apparatlari ishlab chiqariladigan eng yirik markaz. Mashinasozlik (jumladan avtomobilsozlik) rivojlangan. Stanoklar, turli hisoblash texnikalari, aviatsiya jihozlari, avtomobil ehtiyot qismlari, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun jihozlar, elektr priborlari va b. turli sanoat uskunalari ishlab chiqariladi. Metallsozlik, metallurgiya, qogʻoz, kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Plastmassa qayta ishlanadi. Un-t, aeronavtika tadqiqot markazi, AQSH harbiy havo bazasi, aviatsiya muzeyi va b. muzeylar bor. Shaharga 1796-y. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
DEYTON