DEYTERIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEYTERIY haqida malumot bilib oling.

DEYTERIY (Deuterium, yun. deuteros — ikkinchi) , D yoki baʼzan N2 — vodorodning ogʻir izotopi. Deyteriy tabiiy vodorod tarkibida oz mikdorda (0,015%) aralashma holida uchraydi. 1932-y. da amerikalik olim G. Yuri topgan. Deyteriy atomi yadrosi (deytron) tarkibida 1 ta proton va 1 ta neytron boʻlib, at. m. odatdagi vodorodnikiga qaraganda 2 baravar ortiq (2,01474). Deyteriyning fizik xossalari oddiy vodorod xossalaridan farq qiladi. Kislorodli birikmasi D2O ogʻir su v deb ataladi. Deyteriy vodorod bombasida termoyadro yonilgʻisi sifatida, fan va texnikada «nishonli atom» sifatida, atom reaktorlarida neytron zarralarining tezligini susaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
DEYTERIY