DEVXONA PLATOSI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEVXONA PLATOSI haqida malumot bilib oling.

DEVXONA PLATOSIQashqadaryo viloyatining jan.-gʻarbidagi plato. Sharq va shim.-sharqda Qarshi choʻliga tutashgan. Mutlaq balandligi jan. da 340—354 m dan shim. da 226—230 m gacha. Doʻng qum (bal. 1—2,5 m), marzali kum shakllari (2—5 m) mavjud. Qumli yerlarda uz. 400 m dan 500 m gacha, eni 170 m dan 1000 m gacha boʻlgan berk botiqlar bor. Ular asosan shamol taʼsirida vujudga kelgan, baʼzilarining tubi shoʻrxokdan iborat.

Devxona platosi zamini neogen (oqchagʻil yarusi) davrining qumtosh, gil, qumlardan tashkil toptan, ular ustida toʻrtlamchi davrning qalinligi 10—15 m li qum va qumoklari bor. Doʻng qumlarda juzgʻun, cherkez, singren, shuvoq, qizboltir, yantoq, efemerlar tarqalgan. Qorakoʻl qoʻylari uchun yil boʻyi yaylov sifatida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
DEVXONA PLATOSI