DEVONKOʻL KOLLEKTORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEVONKOʻL KOLLEKTORI haqida malumot bilib oling.

DEVONKOʻL KOLLEKTORIXorazm viloyatidagi yirik kollektor. Uning 1-navbati 1953-y. da (uz. 38,6 km, suv sarfi 5,3 m3/s), 2-navbati 1957-y. da (uz. 39,7 km, suv sarfi 7,0 m3/s) qurilgan. 1967— 74 y. larda rekonstruksiya qilinganidan keyin uz. 39,7 km, suv sarfi 13,2—23,0 m3/s ni tashkil etdi. Kollektor Xorazm viloyati Gurlan tumanida dehqonchilik qilinadigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shoʻr va drenaj, tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Devonkoʻl kollektori suvlari Daryoliq kollektoriga quyiladi.

Ensiklopediya.uz
DEVONKOʻL KOLLEKTORI