
DEVISSON haqida malumot bilib oling.
DEVISSON (Deyvisson) (Davisson) Klinton Jozef (1881.22.10, Blumington — 1958.1.2, Sharlotsvill) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi. Chikago (1908) va Prinston (1911) un-tlarini tugatgan. Ilmiy ishlari termoelektron va termoion emissiya, termoelektron mikroskop, issiqlik nurlanish, kristallar fizikasi, Borning atom nazariyasiga bagʻishlangan. Amerikalik fizik L. Jermer (1896 — 1971) bilan hamkorlikda va J. P. Tomsondan mustaqil ravishda nikel monokristallida elektronlar difraksiyasi hodisasini ochgan (D. va Jermer tajribasi, 1927) va L. de Broylvint materiyaning toʻlqin xususiyati toʻgʻrisidagi gipotezasini amadda tasdiklagan. Nobel mukofoti laureati (J. P. Tomson b-n hamkorliqda, 1937).
Ensiklopediya.uz
DEVISSON