DEVCHARX haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEVCHARX haqida malumot bilib oling.

DEVCHARX, katta charx — kad. xonaki pillakashlik korxonasida turli dastgoh (avursak, dugdon, tegirmon va choridon)ni harakatga keltiradigan ulkan charx, (diametri 2,5 m); ashtob yoki katta charx deb ham yuritilgan. Devcharxni aylantirish ogʻir ish boʻlgan. Margʻilonlik usta Yusufjon Maʼrufjonov bu mehnatni yengillashtirish niyatida 1942-y. da Devcharxni 2 baravarga kichraytirdi; 1944-y. da esa u D. ni motor bilan harakatlanadigan qildi. Atlas, beqasam, shoyi va b. matolar pishirilgan tayyor ipaklardan toʻqiladigan boʻlgach, Devcharx ishlatilmay qoʻyildi.

Ensiklopediya.uz
DEVCHARX